Indoneziyaning Jakarta va Palembang şaharlarida davom etayotgan XVIII yozgi Osiyo öyinlarining ikkinçi kunida Özbekiston delegatsiyasi hisobiga yana bir medal kelib tuşdi.

Uşu sport turining Taulu yönalişida iştirok etayotgan Darya Latişeva 19 avgust kuni saralaş bahslarida uçinçi natijani qayd etib, finalga çiqqandi. U bugun 12 nafar sportçi içida ikkinçi natijani qayd etdi va kumuş medalga sazovor böldi.

Bu Özbekiston Osiyo öyinlarida uşu bahslarida qölga kiritgan ilk medal böldi.

Darya Latişeva 2016 yilgi jahon çempionati oltin medali sohibi hisoblanadi.

Endilikda Özbekiston delegatsiyasi medallari sonini 4taga (1-1-2) yetkazgan va umumiy reytingda Qozoğiston bilan 6-7 örinlarni bölişib turibdi.