25 sentabrdan 3 oktabrgaça Bolgariyaning Burgas şahrida ösmirlar örtasida uşu böyiça 6-jahon çempionati bölib ötdi, deb xabar bermoqda gazeta.uz.
Musobaqada 53 ta davlatdan 800 sportçi iştirok etdi. Murabbiylar Dilşod Bozorov va Jamoliddin Salimjonov boşçiligidagi Özbekiston terma jamoasi musobaqalarda 11 nafar sportçilarimiz bilan qatnaşdi. Ulardan 7 nafari taolu, 4 nafari sanda yönalişlari böyiça qatnaşdilar.
Uşu-taolu uşu böyiça maşqlar majmuasi bölib, yakka tartibda göyoki soya bilan, ya'ni xayoliy raqib bilan jang qilayotganga öxşaş bajariladi. Sportçilar bu yönalişda uşuning turli uslublaridagi harakatlar va akrobatika elementlaridan tuzilgan harakatlar majmuasini bajariş böyiça musobaqalaşadilar. Bunda harakatlar murakkabligi, ularni bajariş aniqligi, ijroning sahnalaştirilganligi baholanadi.
Sanda esa himoyalovçi ekipirovkada erkin tarzdagi aloqali jangdan iborat.
Musobaqa natijalariga köra, Özbekiston vakillari oltin va bronza medallarini qölga kiritdilar. Yurtdoşimiz Darya Latişova yoğoç bilan maşqlar majmuasida eng yaxşi natijani körsatib, sovrindorlar şohsupasining eng yuqori poğonasiga kötarildi, Azizbek Isroilov sanda yönalişi böyiça 3-örinni egalladi.
Özbekistonda uşu böyiça köplab klublar faoliyat körsatadi. Bizning sportçilar uşbu sport turi böyiça oxirgi yillar yuqori körsatkiçlarga erişmoqdalar. Oxirgi ikki yil içida ösmirlar örtasida jahon va Osiyo çempionatlarida yoş uşuçilarimiz 3 ta oltin, bitta kumuş va ikkita bronza medalini qölga kiritdilar.
"Men uşuni qiziq, çiroyli va körkam sport turi bölgani uçun tanlaganman. Bu sport turida meni akrobatik harakatlar va qurolga egalik qiliş öziga tortadi. Uşuda barça jihatlar: zarba, kuç, tezlik, murakkab elementlarni bajariş, çidamlilik va şu bilan birga çiroy mujassam bölgan", deb aytmoqda oltin medal sohibi Darya Latişova.











