Markaziy bank Özbekistonning xalqaro valuta zaxiralariga oid ma’lumotlarni yangiladi.

Unga köra, 1 avgust holatiga, Özbekistonning rasmiy zaxiralari 33,64 mlrd dollarni taşkil qildi. Bu – joriy yil boşidan buyon qayd etilgan minimum körsatkiç.

Zaxiralar ötgan oyga nisbatan deyarli 72 mln dollarga, sönggi 3 oyda esa 1,75 mlrd dollarga kamaydi.

Hisobot davrida oltinning fizik hajmi 12,1 mln troya unsiyadan 11,8 mln troya unsiyaga, qiymati esa 23,08 mlrd dollardan 23,02 mlrd dollarga pasaygan.

Şuningdek, zaxira aktivlari tarkibidagi xorijiy valuta zaxiralari 9,57 mlrd dollardan 9,56 mlrd dollarga kamaygan.

Ma’lumot uçun, mamlakatning oltin-valuta zaxiralari tölov va savdo balansidagi defitsitni bartaraf etiş, inflatsiyani uşlab turiş, milliy valutani moliya bozorida qöllab-quvvatlaş uçun valuta sotib oliş davlatning taşqi qarzlarini tölaş va davlatlar örtasidagi hisob-kitoblarni amalga oşiriş uçun işlatiladi.