Yakunlanib borayotgan 12 avgust, dushanba kuni O‘zbekiston va jahonda yuz bergan voqea-hodisalar hamda yangiliklarning eng muhimlari va eng saralari bilan KUN.UZ dayjestida tanishtiramiz.
O‘ZBeKISTON XABARLARI
· Shavkat Mirziyoyev: Eksportbop mahsulotlar chiqarish mamlakatimizning rivojlanish nuqtalaridan biri bo‘lishi kerak
· Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda investitsiya va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari muhokama qilindi
· Abdulla Aripov Turkmanistonda Dmitriy Medvedev bilan uchrashuv o‘tkazdi
Boshqa xabarlar
· Fiat Chrysler O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
· Erkak va ayollarning huquqlari tengligi yagona qonunda aks etadi
· Hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish respublika komissiyasi tasdiqlanadi
· Toshkentda sovuq suv narxi yana oshadi
· Energetika vazirligi elektr energiyasi uchun to‘lovlarni hisoblashning eng adolatli mexanizmi qaysi ekanligini ma'lum qildi
Dolzarb mavzular
· Bolasini tan olmagan ota DNK xulosasi oldida ojiz qoldi
· Kun.uz saytida e'lon qilingan maqola bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi raddiya berdi
· Singlisiga yordam berishga uringan test nazoratchisi o‘z ixtiyori bilan ishdan ketdi
· Toshkent hokimligi murojaat va so‘rovnomalar uchun yangi portalni ishga tushirdi
Reportajlar, surishtiruvlar
· Navoiy viloyati hokimi prezident topshirig‘iga befarq(mi?)
· «Arabboy»ga berilgan yer to‘g‘ri olib qo‘yilganmidi – so‘nggi so‘zni Oliy sud aytadi
· «Ozodlik» radiosi Komil Allamjonovga qarshi axborot kampaniyasida ayblandi
· «Biz astronomiyadan tashqari barcha fanlarda Qozog‘istondan ortdamiz» — Dunyoga mashhur astrofizik bilan suhbat
JAHON XABARLARI
· Atamboyev uyida qurol arsenali topildi
· Turkmaniston qo‘shni davlatlarga innovatsion shahar barpo etish taklifi bilan chiqdi
· Turkmaniston prezidenti Aurus mashinalarini sotib olish istagini bildirdi
· Eron Kaspiy dengizida gaz o‘tkazish quvuri qurilishiga qarshi chiqdi
· Turkiya AQSh bilan bahs ortida Rossiyaning Su-35 qiruvchi samolyotiga qiziqmoqda
· Ukrainada dollarni milliy valuta qilish iltimos qilindi
SPORT XABARLARI
· Toshkentda mehmon SSSR, hamon formadagi Azamat va Mirjalol, het-trik qilgan «Oltin to‘p» sohibi — «Paxtakor»-79 xotira o‘yinidan galereya
· Eldor Shomurodov birinchi butsasi, Rivaldo bilan birga maydonga tushgani va Mourino bilan ko‘rishgani haqida
· Neymarning advokati «Kamp Nou»ga bordi