Braziliyalik Neymarning advokatlari «Barselona»ga tegişli «Nou Kamp» stadioniga borişdi. Ularning stadionga kirayotgan suratlari Football Espana naşrida e'lon qilingan.

Manbada aytilişiça, advokatlar Neymarning «Barselona»ga qaytişini muhokama qilişadi. Braziliyalik futbolçi bir neçta transfer takliflaridan biri asosida «Barselona»ga qaytişi kutilmoqda. Futbolçi «PSJ»ga 222 million yevro evaziga transfer qilingandi va bu jahon rekordi hisoblanadi.

Neymar «Nim»ga qarşi Fransiya çempionati 1-turidan örin olgan öyin qaydnomasiga kiritilmagandi. Parijliklar murabbiyi Tomas Tuxel esa jamoa Neymarsiz öynaşga odatlanişi kerakligi haqida aytgandi.