Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Singlisiga yordam berishga uringan test nazoratchisi o‘z ixtiyori bilan ishdan ketdi
Samarqandda oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun o‘tkazilayotgan imtihonlar davomida nazoratchilardan biri o‘z singlisiga yordam berishga urinayotgan vaqtda qo‘lga tushgan edi. 7 avgust kuni bo‘lib o‘tgan imtihonlarda yuqoridagi qing‘irlikka qo‘l urgan aka o‘z ixtiyoriga ko‘ra ishdan ketdi. Bu haqida Zarnews.uz yozmoqda.
1993 yil tug‘ilgan T.F. Samarqand shahridagi 72-umumta'lim maktabida direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. U test imtihonlariga nazoratchi etib tayinlangan va bundan foydalanib, o‘z singlisiga yordam berishga uringan. Singlisining savollarini telefonda videoga olishga uringan T.F. qo‘lga tushgan.

T.F. 9 avgust kuni o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shagan. T.F.ga imtihonlar vaqtida qilgan qing‘irligi uchun qanday chora ko‘rilgani aniq emas.
Mavzuga oid
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
09:00 / 22.06.2026