Kun.uz saytida e'lon qilingan maqola böyiça Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi raddiya berdi
|23:11 / 12.08.201924 13413 min
Foto: Ramiz BaxtiyarovFoto: Ramiz Baxtiyarov
Kun.uz sayti orqali e'lon qilingan “Mahbus böyni, umurtqa va qovurğasi sinişi sabab vafot etgan». Boş prokuratura tibbiyotni soha professorlaridan yaxşiroq biladimi?” nomli maqolaga nisbatan Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi raddiya e'lon qildi.
Quyida raddiya matni havola qilinadi:
Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi tomonidan «KUN.UZ» naşrida 2019 yil 9 avgust kuni e'lon qilingan «Mahbus böyni, umurtqa va qovurğasi sinişi sabab vafot etgan». Boş prokuratura tibbiyotni soha professorlaridan yaxşiroq biladimi?» nomli maqolasi körib çiqildi.
Eng avvalo ta'kidlaş joizki, «KUN.UZ» naşri muxbiri uşbu maqolani tayyorlaş jarayonida xolislikka amal qilmacdan, faqat bir tomonning fikrini yoritgan. Lekin holatga aniqlik kiritiş maqsadida uşbu masala böyiça Boş prokuraturaga murojaat qilmagan.
Holatdan kelib çiqib, Boş prokuratura mazkur jinoyat işiga oid quyidagi eng muhim jihatlarini ma'lum qiladi:
Jinoyat işi haqida umumiy ma'lumot
Navoiy viloyatidagi jazoni ijro etiş muassasasida jazo ötayotgan mahkum S.Ş.ga notöğri taşxis qöyilganligi tufayli 30.06.2016 yilda vafot etganligi holati yuzasidan jazoni ijro etiş muassasasi tibbiyot bölimi boşliği M.E. sudning hukmi bilan aybdor deb topilib, tegişli jazo tayinlangan.
Keyinçalik marhumning yaqinlari bergan şikoyatga binoan, Boş prokuraturaning protestiga asosan sud qarorlari bekor qilinib, jinoyat işi yangidan birinçi instansiya sudida köriş uçun dastlab Navoiy, söngra Toşkent şahar sudiga ötkazilgan.
Sud tomonidan 22.01.2019 yilda ötkazilgan komission ekspertiza xulosasi natijasiga köra, Toşkent şahar sudining ajrimi bilan jinoyat işi tegişli tartibida iş böyiça boşqa aybdor şaxslar doirasiga aniqlik kiritiş maqsadida prokurorga qaytarilgan.
Mavzuga oid
Jinoyat işi murakkab va öta dolzarbligi sababli hamda xolislikni ta'minlaş maqsadida, jinoyat işi böyiça tergov harakatlarini ötkaziş Boş prokuraturaning Öta oğir jinoyatlarni tergov qiliş boşqarmasiga yuklatilgan.
Boş prokuratura tomonidan ötkazilgan qöşimça tergov natijalariga köra, marhum S.Ş.ning ölimida tibbiy yordam körsatgan 4 nafar tibbiyot xodimlari Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi bilan ayblanib, jinoyat işi ayblov xulosasi bilan jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudiga qaytarilgan.
Hozirda jinoyat işi Toşkent şahar sudida körib çiqilmoqda.
Ekspertiza xulosalari haqida ma'lumot
Ahamiyatli tomoni, jinoyat işi davomida 7 marta ekspertiza ötkazilgan.
Ötkazilgan yettita ekspertizaning faqat bittasi, ya'ni navbat böyiça oltinçi ekspertiza xulosasida marhumning ölimiga içki va taşqi jarohatlar sabab bölgani keltirilgan. Qolgan 6 ta ekspertiza xulosalariga köra, marhumning ölimi orttirilgan sepsis (qonning infeksiyalanişi) şakllanib, ötkir buyrak yetişmovçiligi asoratlanişi natijasida kelib çiqqan.
Ötkazilgan barça ekspertizalar davomida jami 46 nafar ekspertlar iştirok etgan bölsa, ularning 38 nafari ölim sababini sepsis deya baholagan, 8 nafari esa içki va taşqi jarohatlarni sabab sifatida körsatgan.
Quyida ötkazilgan barça ekspertizalar röyxati va qisqaça xulosa ilova qilinmoqda:
Oltinçi xulosada avvalgi beşta xulosa bilan qarama-qarşilik yuzaga kelgandan söng, 16 nafar ekspertdan iborat yakuniy – yettinçi komission ekspertiza tayinlangan. Ular ham dastlabki beşta ekspertiza xulosalarini qöllab-quvvatlagan.
Maqoladagi notöğri ma'lumotlar haqida
Maqolada intervyu bergan ekspertlar sözlarining barçasi ham haqiqatga töğri kelmaydi. Quyida ayrim misollarni keltiramiz:
Maqoladagi matn: Şohsanam Yadgarova, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi bölim mudiri, oliy toifali ekspert:
— Navoiyda ötkazilgan ekspertizalarda marhum vafot etganidan söng heç qança vaqt ötmasdan sepsis (qon infeksiyasi) deya xulosa berilgan. Lekin sepsis deb oddiy köz bilan qarab baholab bölmaydi…
Izohlar:
1. Notöğri ma'lumot berilgan. Navoiydagi dastlabki ekspertiza xulosasi marhum vafotidan 2 hafta ötib, 2-xulosa salkam 1 oy ötib, 3-xulosa esa salkam 3 oy ötib çiqarilgan;
2. Navoiy viloyatida ötkazilgan barça sud tibbiy ekspertiza xulosalari tegişli talablar va maxsus tekşiruvlar natijasida berilgan.
Maqoladagi matn:Ş.Yadgarova: Respublika sud-tibbiy ekspertiza Boş byurosida 2 marotaba, birinçisi 31-sonli komission qayta ekspertiza va 94-sonli yana komission qayta sud-tibbiy ekspertizasi ötkazilgan.
Şunisi qizikki, ikkalasida ham dastlabki ekspertizalarni ötkazgan ekspertlar O.Xvan yetakçi ekspert va A.A.Axrarov ma'ruzaçi bölib ekspertizani boşqarganlar.
Izohlar:
1. Notöğri ma'lumot berilgan. Ötkazilgan ekspertizalar jadvalidan köriş mumkinki, 94-sonli ekspertiza qayta emas, balki qöşimça komission ekspertiza bölgan;
2. Qöşimça va qayta ekspertizalar orasida farq bor. Jinoyat-protsessual kodeksining 176-moddasiga binoan, qöşimça ekspertiza ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasidagi böşliqlarning örnini töldiriş uçun tayinlanadi va şu ekspert (ekspertlar komissiyasi) tomonidan ötkazilişi mumkin. Protsessual tartibga köra, faqat qayta ekspertizada ekspertizani ötkaziş boşqa ekspertlarga yuklanişi şart.
Maqoladagi matn:Ş.Yadgarova: Tekşiruvlar natijasida murdaning tovon qismida elektr tamğalar aniqlangan.
Izoh: Ş.Yadgarovaning ma'ruzaçiligida ötkazilgan 07.12.2018 yilgi 126-sonli qayta komission ekspertiza xulosasida elektr tamğalar borasida ma'lumot qayd etilmagan.
Maqoladagi matn:Ş.Yadgarova: Biroq prokuratura jinoyatni oçiş örniga bizga bosim ötkazmoqda. Ekspertizani bizga sud tayinlab bergan bölişiga qaramay, prokuratura Soğliqni saqlaş vazirligiga bizning ekspertiza notöğri ötkazilgan va bunga çora köring, deb taqdimnoma kiritmoqda. Bizning ekspertiza töğri ötgan yoki ötmaganligini ular qayerdan bilsin?
Izohlar:
1. Prokuratura organlari tomonidan ekspertlarga heç qanday bosim ötkazilmagan, jinoyat işini köriş davomida bunga oid birorta şikoyat va e'tiroz bildirilmagan;
2. «Prokuratura töğrisida»gi Qonunning 40-moddasi hamda Jinoyat-protsessual kodeksining 297-moddalariga binoan prokuratura organlari qonun buzilişi, uning kelib çiqiş sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan şart-şaroitlarni bartaraf etiş töğrisidagi taqdimnomani qonun buzilişini bartaraf etiş vakolatlariga ega bölgan organga yoki mansabdor şaxsga kiritişga vakolatli. Şuni yaxşi anglaş kerakki, protsessual tartibga köra, jinoyat işi doirasida aniqlangan qonunbuziliş holatlari böyiça taqdimnoma kiritiş tergovçining xohiş-irodasiga boğliq emas, aksinça bu uning majburiyati;
3. Navbati bilan oltinçi ekspertiza ötkazilişida va xulosa tuzilişida «Sud ekspertizasi töğrisida»gi Qonun, Soğliqni saqlaş vazirligining sud-tibbiyot hamda tibbiy-kriminalistik ekspertizalarini ötkaziş tartiblariga rioya qilinmaganligi 26.04.2019 yilgi 17-sonli qayta komission ekspertizani ötkazgan 16 nafar ekspertlar xulosasida qayd etilgan;
4. Şuningdek, xolislikni ta'minlaş maqsadida mutaxassis sifatida jalb etilgan Toşkent vraçlar malaka oşiriş instituti patanatomiya va sud tibbiyot kafedrasi dotsenti, tibbiy kriminalistik sohasi böyiça 38 yil iş tajribasiga ega, oliy toifali ekspert K.A.Akbergenova tomonidan berilgan alohida fikrga köra, oltinçi ekspertiza amaldagi tartiblarga rioya qilinmasdan ötkazilgan, ekspertiza xulosasi ilmiy asoslantirilmagan;
5. 26.04.2019 yilgi 17-sonli qayta komission ekspertiza xulosasi hamda mustaqil mutaxassisning bergan alohida fikri asosida Soğliqni saqlaş vazirligiga taqdimnoma kiritilgan;
6. Mazkur taqdimnomaning jinoyat işiga mazmunan aloqasi yöq, şu sababli jinoyat işini tergov qiliş davomida aniqlangan qonunbuzilişlarni bartaraf qiliş böyiça taqdimnoma kiritiş uçun jinoyat işi doirasida sudning hukmini kutiş talab etilmaydi.
Maqoladagi matn:Jamoliddin Begboyev, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Toşkent viloyat filiali eksperti:
—…«Sepsisga-ku sabab topilar, lekin tovonidagi elektr tokidan qolgan izlarni qanday yöq qilasizlar? Qiynoqning yaqqol belgisi-ku bu» dedim. Men borini yozişimni aytdim.
Izohlar:
1. Jinoyat işi doirasida ötkazilgan yettita ekspertizalarning birortasida Jamoliddin Begboyev ekspert sifatida qatnaşmagan;
2. J.Begboyev Ş.Yadgarovaning ma'ruzaçiligida ötkazilgan 126-sonli qayta komission ekspertizada gistolog sifatida dalolatnoma tuzişda iştirok etgan;
3. 126-sonli qayta komission ekspertiza xulosasida hamda J.Begboyevning gistolog sifatida tuzgan dalolatnomasida elektr tamğalar borasida ma'lumot qayd etilmagan.
Maqoladagi matn:Alişer Iskandarov, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor:
—Ekspertiza xulosamizni sud qabul qildi va jinoyatni oçiş uçun prokuraturaga topşiriq berdi. Lekin prokuratura viloyatga yana ekspertiza ötkaz, deb topşiriq bermoqda. Oldingi mutaxassislarni ham ekspertizaga jalb qilişmoqda. Qoida böyiça bu mumkinmas. Protsessual qonunbuzilişi bu…
Marhamat, agar isbotlansa, iş oçişaversin.
Izohlar:
1. Notöğri ma'lumot aytilgan. Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Toşkent viloyat filiali tomonidan ötkazilgan 17-sonli komission ekspertizasining 16 nafar ekspertlari tarkibiga şu kunga qadar mazkur jinoyat işida ekspert sifatida qatnaşgan birorta şaxs jalb qilinmagan;
2. Qayta ekspertiza tayinlaş prokuratura organlarining taşabbusi bölmagan, aksinça Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudining 23.01.2019 yildagi ajrimi asosida mazkur qaror qabul qilingan;
3. Navbat böyiça oltinçi ekspertizaning ötkaziliş jarayonida qonunbuzilişlarga yöl qöygan Ş.Yadgarova hamda A.Qurbonovlarning harakatlariga jinoyat işi doirasida huquqiy baho berilgan va jinoyat alomatlari (ya'ni qasddan bila turib yolğon xulosa beriş) aniqlanmaganligi sababli, jinoyat işining bir qismini tugatiş töğrisida qaror qabul qilingan;
4. Ekspertlar harakatida jinoyat alomatlarining yöqligi (qasddan qilinmaganligi) ekspertizani ötkazişda yöl qöyilgan xatolarni istisno etmaydi hamda taqdimnoma kiritişga tösqinlik qilmaydi.
Maqoladagi matn: «Barvaqt baho berilgan»
Bu masalada ekspertlar sudga murojaat qilişgan. Işni olib borayotgan sudya tomonidan javob xati taqdim etilgan.
…Şuningdek, prokuraturaning ekspertlar faoliyatiga baho berişi ham barvaqt deb hisoblangan. Bunday xulosalarga yakuniy bahoni faqat sud berişi mumkinligi tuşuntirilgan.
Izohlar:
1. Notöğri talqin berilgan. KUN.UZ naşri nima uçundir sudning mazkur xatini töliqligiça maqolaga joylaştirmagan. Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudidan olingan uşbu xatning nusxasidan ma'lum bölişiça, sud prokuratura organlarining taqdimnomasiga nisbatan heç qanday munosabat bildirmagan;
2. Sud mazkur xatda hukm çiqarişda ekspertiza xulosalarining inobatga oliniş yoki olinmasligi haqida gapirişga hali barvaqt ekanligini ta'kidlagan hamda Boş prokuratura sudning uşbu xati bilan töliq kelişadi.
Şu örinda yana bir bora, ommaviy axborot vositalaridan bunday mazmundagi maqolalarni e'lon qilişdan oldin xolislikni ta'minlaş maqsadida tegişli tergov organlari yoxud sudning tegişli munosabatini oliş uçun murojaat qilişlarini sörab qolamiz.
«Ommaviy axborot vositalari töğrisida»gi Qonunning 6-moddasiga binoan, prokuror, tergovçi yoki suriştiruvçining yozma ruxsatisiz suriştiruv yoki dastlabki tergov materiallarini e'lon qiliş, muayyan iş böyiça sud qarori çiqmasdan turib yoki sudning qarori qonuniy kuçga kirmay turib, uning natijalarini taxmin qiliş yoxud sudga boşqaça yöl bilan ta'sir körsatiş taqiqlanadi.
Şunga köra, hozirda mazkur jinoyat işi Toşkent şahar sudida körib çiqilayotganligini inobatga olib, toki sud hukmi çiqmasdan turib, sudga boşqaça yöllar bilan ta'sir körsatişga qaratilgan bu kabi maqolalarni e'lon qilmaslikni qat'iy talab qilamiz.
Jinoyat-protsessual kodeksida sud faqat sud majlisida tekşirilgan işonçli dalillarga asoslanib hukm çiqarişi va bu sudning mutloq vakolatiga kirişi belgilangan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi