“Ozodlik” radiosi 48 ta soxta akkaunt yordamida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) rahbariyatiga qarşi qasddan salbiy axborot kampaniyalarini tarqatdi. Bu haqda agentlik saytida xabar berilgan.
Eslatib ötamiz, kuni keça agentlik direktori Komil Allamjonov bloger Kirill Altman bilan bölgan mufassal intervyusida ommaviy axborot vositalari va jamiyat rivojlanişiga oid köplab dolzarb savollarga javob qaytardi.
Uşbu intervyu media maydonda katta rezonanslarga sabab böldi va ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi. Ta'kidlanişiça, “Ozodlik” radiosi “Facebook” ijtimoiy tarmoği özbek segmentida intervyudan ajratib olingan parça asosida tayyorlangan materiallarni faol tarqatdi.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xabariga köra, mazkur materiallarda Komil Allamjonovning inson dunyoqaraşi özgarişi va borliqni anglaşi — iqtisodiyot rivojlanişi bilan boğliq ekani haqidagi mulohazalari bayon qilingan.
“Ozodlik” radiosi boşqa OAVdan farqli ravişda, Komil Allamjonovning uşbu iqtibosini nutqi va yaxlit konteks içidan ajratib olib, unga atayin salbiy tus bergan, şu orqali özining asl maqsadi AOKA rahbarini qoralaş va obrösizlantiriş ekanini bildirib qöygan. Natijada ikki kun içida uşbu material jamoatçilik tomonidan salbiy qabul qilingan va uşbu post ostida 730dan ortiq izoh qoldirilgan. Ularning 500 ga yaqini Komil Allamjonov şaxsi va faoliyatini kamsituvçi xarakterga ega”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, aksariyat izohlar şaxsiy ma'lumoti va surati bölmagan 48 ta soxta profildan qoldirilgan. Xususan, eng faol soxta profillar — “Ivap Svirav”, “Ğijduvon Buxoro”, “Miniyozov Farxod” va boşqalar.
“Tahlillarga köra, şunday soxta profillar vositasida axborot kampaniyasi qöllangan bölib, bundan maqsad — K.Allamjonov faqat öz boyligini köpaytirişdan manfaatdor ekanligi va Özbekistondagi boşqa köplab amaldorlar kabi uning ham xalq bilan işi yöqligi haqida jamoatçilik orasida fikr paydo qiliş va börttiriş bölgan. Şuningdek, u korrupsiyada ayblangan, AOKA direktori lavozimidan iste'foga çiqişi zarurligi haqida turli da'vatlar bildirilgan”, - deyilgan agentlik ma'lumotida.
Bugungi kunda Agentlik tomonidan IP-ma'lumotlarni aniqlaş uçun soxta akkauntlarni örganiş işlari olib borilmoqda, keyinçalik ular tegişli idoralarga qonuniy çora köriş maqsadida taqdim etiladi.













