Mening Fikrim portalida umumta'lim maktablari direktorlarini saylaş taklif etilgan yangi murojaat paydo böldi.
«Maktab direktorlari maktab joylaşgan hududda ta'lim va tarbiya uçun asosiy javobgar va mas'ul şaxslardan biri hisoblanadi. Köp hollarda, garçi munosib bilim, tajriba va salohiyatga ega bölmasa ham maktab direktorligi lavozimiga tuman (şahar) xalq ta'limi bölimlari mudirlari özlari istagan şaxslarni tayinlaganiga guvoh bölamiz. Bu, albatta, farzandlarimizning tarbiyasida özining natijasini körsatmay qolmaydi», - deya yozişgan murojaat mualliflari.
Xalq ta'limi vazirligi huzurida köp yillik tajribaga ega, halol, faxrli pedagoglardan iborat tarkibda Kengaş tuziş lozim. Bu, öz navbatida, Kengaş tomonidan nomzodlarni körib çiqiş va direktorlikka munosib nomzodni saylaş imkoniyatini yaratadi.
Hozirgi vaqtga qadar murojaatni 300dan ortiq kişi qöllab-quvvatladi.








