13:40 / 16.06.2020
9856
Kamoliddin O‘rinboyev O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi rektori etib tayinlandi

O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi rektori lavozimiga Kamoliddin Turdimuratovich O‘rinboyev nomzodi tasdiqlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Voice of Tashkent

K. O‘rinboyev 1985 yilda tug‘ilgan, 2007 yilda O‘zbekiston Davlat konservatoriyasini, 2009 yilda mazkur konservatoriyaning magistraturasini, 2014 yilda P.I.Chaykovskiy  nomidagi Moskva Davlat konservatoriyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi orkestr sozandasi (g‘ijjak), Opera simfonik orkestri dirijyori. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan mukofotlangan. 

Shu kunga qadar Yoshlar simfonik orkestri dirijyori lavozimida ishlagan.

K.O‘rinboyev faoliyati mobaynida Italiya, Fransiya, va Rossiya kabi davlatlarda o‘z sohasi bo‘yicha tajriba orttirgan.

Top