Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filialini taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Madaniyat vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining Özbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filialini taşkil etiş;

Filial uçun 400 örinli öquv binosi, 2ta konsert zali, (1ta 400 örinli, 1ta 150 örinli), 300 örinli talabalar turar joyi hamda sport maydoni quriş töğrisidagi taklifi ma'qullanişi mumkin.

Quyidagilar Filialning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

  • musiqa sohasida fundamental bilim va tuşunçalar, tarixiy va zamonaviy an'analar, innovatsiya texnologiyalarini, davlat ta'lim standarti böyiça belgilangan bilim va malakalarni puxta egallagan oliy ma'lumotli mutaxassis kadrlar tayyorlaş;
  • tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarga mehnat bozoridagi real talab va ehtiyojlardan kelib çiqqan holda, yuqori sifatli bilim, könikma va malaka beriş;
  • bitiruvçilarni işga joylaştiriş böyiça buyurtmalarni şakllantiriş;
  • ta'lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalarni, madaniyat va san'at sohasida ilm-fan böyiça erişilgan ilğor yutuqlarni tatbiq etiş;
  • yoşlarning musiqaga bölgan qiziqişlarini oşiriş hamda iste'dodini yuzaga çiqariş;
  • kadrlar ilmiy salohiyatini oşiriş, ilmiy-ijodiy faoliyatni yanada rivojlantiriş, professor-öqituvçilarning ilmiy-ijodiy faoliyati samaradorligi va natijadorligini oşiriş, iqtidorli talaba-yoşlarni ilmiy-ijodiy faoliyat bilan köproq şuğullanişga keng jalb etiş;
  • talabalarning sohalar böyiça bilimlarini oşiriş hamda ularda ijroçilik könikmalarini kuçaytiriş maqsadida tizimli ravişda xorijiy mamlakatlarga qisqa va uzoq muddatli amaliyotlarga yuboriş.

Alohida iqtidor talab etiladigan oliy ta'lim muassasalariga kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali test sinovlarsiz qabul qiliş tartibi joriy etilganligi munosabati bilan musiqa va san'at yönalişidagi respublika va xalqaro tanlovlar ğoliblariga beriladigan imtiyozlar quyidagi tartibda belgilanadi:

öquvçilarining respublika tanlovlari ğoliblariga (1-örin) hamda nufuzli (oliy ta'lim muassasalarining kiriş imtihonlari talablariga mos) xalqaro tanlovlari ğoliblariga (1-3 örin) musiqa va san'at yönalişidagi oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat bosqiçiga kiriş imtihonlarida tegişli yönalişlar böyiça bitta “Ixtisoslik” fanidan maksimal ball oliş huquqini beruvçi, ikki yil muddat davomida amal qiluvçi sertifikat taqdim qiliş (festival, tanlov-festival, onlayn tanlov hamda ikki tur (kamida tört asar)dan kam bölgan tanlovlar bundan mustasno).