Prezident “Çarm-poyabzal va möynaçilik sohalarini yanada rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni ÖzA tomonidan e'lon qilindi.

Qayd etilişiça, “Özçarmsanoat” uyuşmasi tomonidan Çarm-poyabzal sohasini rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlari hisobidan respublika hududlarida va xorijiy davlatlarda mahalliy korxonalarda işlab çiqarilgan çarm mahsulotlari savdosiga ixtisoslaştirilgan “Multibrand” dökonlarini taşkil etiş va uning elektron savdo platformasini yaratiş töğrisida qaror qabul qilingan.

“Multibrand” dökonlarini respublika hududlarida va xorijda taşkil etiş hamda uning elektron savdo platformasini yaratiş, şuningdek, “Özçarmsanoat” uyuşmasi a'zolarining yetakçi elektron savdo platformalarida mahalliy çarm mahsulotlarini joylaştiriş böyiça xarajatlarini Çarm-poyabzal sohasini rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlari hisobidan amalga oşirişga rozilik berildi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari “Özçarmsanoat” uyuşmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda yangi taşkil etilayotgan “Multibrand” dökonlarining Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarning markaziy şaharlarida aholiga qulay joylarda joylaştirilişini ta'minlaydi.

Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi “Özçarmsanoat” uyuşmasi bilan birgalikda “Multibrand” dökonlarini xorijiy davlatlarda taşkil etiş böyiça tegişli çoralarni köradi.

Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Davlat bojxona qömitasi, Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlari, Toşkent hamda Surxondaryo viloyatlari hokimliklarining “Oybek-avtoyöl” (Toşkent viloyati)
va “Sariosiyo-avtoyöl” (Surxondaryo viloyati) çegara ötkaziş punktlaridan qöşni davlat çegarasigaça bölgan joylarda eksperiment tariqasida mahalliy tayyor mahsulotlar savdosiga ixtisoslaştirilgan savdo nuqtalarini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.

Uşbu savdo nuqtalarida faoliyat yuritadigan tadbirkorlar tomonidan realizatsiya qilinadigan hamda qöşni davlat hududiga olib çiqilgan tovarlar eksportga tenglaştiriladi.