Safar davomida Ispaniyaning terini qayta işlaş assotsiatsiyasi (ACEXPIEL) bilan muzokaralar çoğida çarm sanoatida ekologik barqarorlikni ta’minlaş, jumladan, çiqindilarni kamaytiriş, işlab çiqariş qoldiqlarini qayta işlaş va qayta işlaşning zamonaviy texnologiyalarini joriy etiş masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar, şuningdek, ACEXPIEL a’zolarining Özbekistondagi terini qayta işlaş korxonalarini modernizatsiya qilişda, jumladan, texnologik yangilaş, ekologik standartlar va mahsuldorlikni oşirişda iştirok etiş istiqbollarini körib çiqdi.
Özbekiston va Ispaniya örtasidagi ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantiriş, jumladan, qöşma ilmiy izlanişlar olib boriş, har ikki mamlakat çarm sanoati mutaxassislari uçun mavzuli mahorat darslari, seminar va amaliy maşğulotlar taşkil etişga alohida e’tibor qaratildi.
"Özçarmsanoat" uyuşmasi va ACEXPIEL kompaniyasi örtasidagi muzokaralar yakunida uzoq muddatli va özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan anglaşuv memorandumi imzolandi.
Ispaniya çarm kimyogarlari assotsiatsiyasi vakillari bilan uçraşuvda tomonlar zamonaviy kimyoviy materiallardan foydalaniş, ekologik toza texnologiyalar va çarm sanoatida barqaror işlab çiqariş böyiça tajriba almaşdi.
"Özçarmsanoat" uyuşmasi delegatsiyasi Yevropadagi eng yirik va texnologik jihatdan ilğor çarm klasterlaridan biri – Leather Cluster Barcelona – Igualada Hub'ga ham taşrif buyurdi. Özbekistonda işlab çiqariş zanjirini boşqariş samaradorligini oşiriş, kompaniyalar örtasidagi hamkorlikni rağbatlantiriş va eksport salohiyatini oşiriş imkonini beruvçi ana şunday klaster modelini joriy etiş yuzasidan maslahatlaşuvlar bölib ötdi.
Bundan taşqari, klaster tomonidan Barselonada ötkaziladigan körgazmalar, seminarlar va treninglarda Özbekiston kompaniyalarning iştirokini ta’minlaş imkoniyatlari muhokama qilindi.
Muzokaralar davomida Özbekiston tomoni ACEXPIEL, AQEIC va Leather Cluster Barcelona vakillarini mamlakat çarm sanoatining holati va salohiyati bilan tanişiş, şuningdek, 2025 yil oktyabr oyida bölib ötadigan xalqaro töqimaçilik körgazmasida iştirok etişga taklif qildi.

















