«Ziraat Bank Uzbekistan» AJ, jahon bank-moliya bozorida 158 yildan beri faoliyat körsatib kelayotgan Turkiya Jumhuriyati Ziraat Bankası A.Ş.ning Özbekistondagi şu'ba banki hisoblanadi.
Ziraat Bankası A.Ş. – Ziraat moliyaviy guruhi sifatida, Turkiyada 1728 ga yaqin bank filialiga, dunyoning 114 nuqtasida şu'ba va vakolatxonalariga, jumladan Germaniya, Rossiya, Gruziya, Qozoğiston, Ozarboyjon, Turkmaniston kabi 18 ta davlatda şu'ba banklariga ega bölgan yirik tarmoq tuzilmasini öz içiga olgan dunyoning eng yirik banklari yuztaligiga kirib, uşbu örnini mustahkamlaşda davom etmoqda.


Bugungi kunda «Ziraat Bank Uzbekistan» AJning Toşkent şahrida 2 ta filiali hamda Samarqand şahrida ofisi mavjud. Mijozlar bazasining asosiy qismini Özbekiston, Turkiya, şuningdek Markaziy Osiyo mintaqalaridagi biznes vakillari taşkil etadi. Bankning maqsadi – mijozlarga tezkor va sifatli xizmatlarni körsatiş, tadbirkorlarga öz biznesini rivojlantirişda işonçli şerikka aylanişdir.
Bankning hududiy tarmoğini kengaytiriş hamda joylarda tezkor xizmatlar körsatişni taşkil etiş maqsadida, joriy yilning 2 iyun kuni «Ziraat Bank Uzbekistan» AJ Farğona şahrida öz ofisini oçdi. Mazkur ofis Farğona viloyatidagi tadbirkorlar hamda aholiga barça turdagi bank xizmatlarini körsatiş orqali hudud iqtisodiyotining rivojlanişiga öz hissasini qöşişi şubhasizdir.


Bir bankdan ziyoda bölgan «Ziraat Bank» öz faoliyati jöğrofiyasini yanada kengaytirişni davom etmoqda.
Manzil: Toşkent şahri, Çilonzor tumani, Bunyodkor köçasi, 15 ABV.
Farğona ofisi manzili: Farğona şahri, Qomus köçasi, 43-uy.
Call-markaz:







