Bahodir Anorboyev maktabgaça ta'lim vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi. Vazirlik matbuot xizmati xabariga köra, u bunga qadar Vazirlar Mahkamasida faoliyat yuritgan.
Anorboyev 24 may kungi prezident yiğilişida «sustkaşlikka yöl qöygani uçun» işdan olingan Qahramon Olimovning örnini egalladi.
Şuningdek, vazir örinbosari Maqsudjon Yöldoşev boşqa işga ötişi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan.
Uning örniga Uzoqboy Begimqulov tayinlandi. U 2017 yil iyunidan buyon Oliy va örta maxsus ta'lim vazirining fan va innovatsiyalar böyiça örinbosari bölib işlab kelayotgandi.
MTV Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi rahbari Mavluda Asqarxöjayeva Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, vazirning sobiq örinbosarlari işdan böşatilmagan, balki boşqa işga ötkazilgan va örinlariga yangi tayinlovlar amalga oşirilgan.
Tayinlovlar sababi va sobiq örinbosarlarning qaysi işga ötgani ma'lum qilinmadi.
Maktabgaça ta'lim vaziri sifatida vazirlik taşkil etilgan 2017 yildan buyon Agrippina Şin faoliyat yuritmoqda.
Eslatib ötamiz, prezident Şavkat Mirziyoyev 24 may kuni hududlarda maktabgaça ta'lim muassasalari qamrovini kengaytiriş masalalari muhokamasi yuzasidan yiğiliş ötkazdi, yiğiliş tanqidiy ruhda ötgani xabar qilingandi.












