2021 yil 14 dekabr kuni taniqli olim, jamoat arbobi Svetlana Raşidova 70 yoşida olamdan ötdi. Bu haqda Facebook’dagi «Tashkent Retrospective» guruhida xabar berildi.
Svetlana Raşidova 1952 yil Toşkent şahrida Özbekiston rahbari Şarof Raşidov oilasida tuğilgan va Raşidovlar oilasida eng kiçigi bölgan. Toşkent Davlat universitetining romano-german fakultetini tamomlagan. Moskva davlat universitetida çet el adabiyoti fanlari nomzodi ilmiy darajasini oliş uçun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Toşkent davlat universitetining roman-german fakultetida dotsent lavozimida işlagan.
1971 yilda Alişer Vohidovga turmuşga çiqqan. Alişer Vohidov Nyu-Yorkda 1994 yildan Özbekistonning BMTdagi doimiy vakili vazifasini bajaruvçi, 1997-2008 yillarda esa respublikaning BMTdagi elçisi, doimiy vakili lavozimlarida işlagan.
Svetlana Raşidova BMT delegatsiyalari mehmondöstlik qömitasining BMTdagi diplomatlarning oila a’zolari bilan işlaş böyiça vitse-prezidenti sifatida Nyu-Yorkdagi jamoat işlarida faol iştirok etgan. Sönggi yillarda u betob bölgan va 14 dekabrda hayotdan köz yumdi.







