Özbekistonning Berlindagi elçixonasida «Özbekistonlik» xalqaro forumi va xorijda muvaffaqiyatga erişgan vatandoşlar haqida hikoya qiluvçi «Özbekistonlik» filmining ikkinçi epizodi premerasi bölib ötdi.

Forum ikki yuz nafardan ortiq muvaffaqiyatga erişgan vatandoşlarimiz, şuningdek, Yevropa diplomatlari, biznesmenlar, kreativ industriya vakillari va yevropalik ekspertlarni birlaştirdi.

«Özbekistonlik» forumi Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan Yoşlar işlari agentligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi, Orient Group kompaniyasi va Uzbekistan Airways milliy aviataşuvçisi kömagida taşkil etilgan. Tadbirdan közlangan asosiy maqsad – çet davlatlarida yaşab, faoliyat olib borayotgan va turli sohalarda muvaffaqiyatga erişgan özbekistonliklarni birlaştiriş hamda ular bilan ona vatan örtasida muloqot örnatib, hamkorlik köprigini yaratişdir. Şuningdek, mamlakatning intellektual hamda iqtisodiy salohiyatini mustahkamlaşda hamkorlikdagi loyihalar amalga oşiriş közda tutilgan. Forum oçilişida Boş vazir örinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimovning videomurojaati namoyiş etildi.

Forum doirasida «Aral Dream» xalqaro PR-dasturi taqdimoti ötkazildi. Uning yordamida tadbir mehmonlari öz mobil qurilmalarida yangi Araldream.com onlayn-habidan foydalanib, Orolböyi muammolari hamda ularni hal etişning innovatsion yöllari haqida töliqroq ma’lumotga ega bölişdi.

Bundan taşqari, mehmonlarga Orolböyi muammosiga bağişlangan «Şörxok» qisqa metrajli filmi premerasi hamda Özbekiston xalq artisti Jyenisbek Piyazov va Elektrooko guruhi ijrosidagi «Ertangi kun» videoklipi namoyiş etildi.

Forumning yakunlovçi qismida «Özbekistonlik» filmining ikkinçi epizodi premerasi namoyiş etildi. Yoşlar işlari agentligi direktori Alişer Sa’dullayev ğoya muallifi sifatida forum qatnaşçilari qarşisida videomurojaat orqali sözga çiqdi.

Rejissyor Muxlisa Azizova tomonidan suratga olingan filmda Germaniyada yaşovçi ikki nafar özbekistonlik bosib ötgan murakkab yöl va ular erişgan yutuqlar haqida söz boradi. Ulardan biri – Dmitriy Bogdanov. U dastlab Toşkentda, keyin esa Berlinda öqişni tamomlagan. Xorij ta’lim muassasasida fazoviy texnologiyalar yönalişini tanlagan va bu qaror uning hayotida hal qiluvçi bölgan.

Bugungi kunda u Ilon Maskning «Space X» kompaniyasi uçun sun’iy yöldoşlarni yetkazib beruvçi ExoLaunch kompaniyasi asosçisidir.

Navoiylik Muştariy Şarifova esa Özbekistonda va xorijning University of Applied Sciences in Europe oliygohida biznes va menejment yönalişida tahsil olgan. Muştariy Tesla kompaniyasiga işga kirgan ilk özbekistonlik qiz böldi.

«Özbekistonlik» filmini Uzbekistan’s Club Youtube-kanalida tomoşa qiliş mumkin.