Toşkent suvga «ğarq bölmoqda», muammo nimada? - ekspertlar bilan suhbat
|17:20 / 04.04.202324 39011 min
Poytaxtdagi yöllar, yölaklar betonlaştirilayotgani, yer özlaştirilişi ortidan ariqlar besabab yopib taşlanayotgani, palapartiş quriliş – umuman şahar boş rejasiz qolayotgani sabab yengil yomğirda ham talafotli suv toşqinlari yuzaga kelmoqda. Xöş, muammoning yeçimi qanday? Kun.uz bu borada mutaxassislar bilan suhbatlaşdi.
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
2 aprel kuni Toşkentda kuçli yoğingarçilik kuzatildi. Noqulay ob-havo şaroiti sabab joylarda avtomobillar harakati qiyinlaşdi, tunnellar va metro bekatlarini suv bosdi. Aviareyslar parvozi Toşkentdan Samarqandga köçirildi. Qolaversa, ayrim tuman hududlarida elektr toki va tabiiy gaz ta’minoti bilan ham muammolar kuzatildi.
Şuningdek, kuçli yomğir tufayli poytaxtning Yakkasaroy tumanida tört qavatli uyning ikkita balkoni suvga tölgani uçun qulab tuşgani ma’lum qilindi.
Toşkent şahar hokimligi bu holatni poytaxt köçalariga yotqizilgan lotoklar katta miqdordagi suv oqimini qabul qilişga möljallanmagani bilan izohladi.
Qiziği, har yoğingarçilik vaqtida u xoh yengil yoki kuçli bölsin, Toşkent köçalarining kölmakka aylanişiga guvoh bölyapmiz. Muammoning takroriy yuzaga kelişi yomğirning köp yoğişi yoki lotoklarning özigagina emas, balki tizim bilan boğliq ekani körinib qolmoqda. Oldinda bizni haftalik yoğingarçilik kutib turibdi, xöş, Toşkentni yana suv bosadimi? Uning oldini qanday oliş kerak? Muammo nimada? Kun.uz ayni şu mavzuda mutaxassislarni suhbatga tortdi.
“Inqiroz bölmagunça harakat bölmaydi”
Şaharsozlik böyiça xalqaro mutaxassis Temur Ahmedovga köra, holatga butun tizimdagi muammolarni bartaraf etiş uçun kirişilmas ekan, bu kabi vaziyatlarning sodir bölişi yana ança vaqt davom etadi.
“Toşkentni suv bosişi davom etaveradi, buning uçun köp yomğir kerak emas. Lotoklarning kiçigi, kattasi, hovuzlar, köllar – bularning hammasi bir vaqtlar butun bir tizim bölgan. Mana şu tizim buzildi, endi uni qaytadan öylab, qayerdan suv qayerga borişini, qayerda yiğilişini işlab çiqiş kerak. Lekin heç kim bunga tizim sifatida qarayotgani, şahar hokimiyati ançadan beri bu bilan şuğullanayotgani yöq. Şuning uçun ozgina yomğir bölsa ham muammo yuzaga kelmoqda.
Mavzuga oid
Yaşil hududlar, yangi Toşkent haqida gapirişyapti, xöp, yaxşi. Lekin mana bu eski Toşkentning abgorini çiqarişdi-ku. Suv ketadigan, suv şimadigan joyning özi qolmadi. Hamma yerlar asfaltlaştirib taşlandi. Avtomobil turmasa, odam yurmasa ham kerak-kerakmas joylarni asfalt qilib taşlaşgan.
Toşkent şahrining irrigatsiya tizimi qadimiy. U ikki ming yildan ortiq vaqtdan beri mavjud. Ikki ming yil davomida odamlar suğoriş tizimini qurib, uni muvozanatda uşlab turdi.
Irrigatsiya tizimi haqida gapirganda, odamlar köpinça ösimliklarga suv olib boradigan trubalar haqida öylaydi. Aslida suğoriş tizimi butun şahar böylab muvozanatni saqlaydigan ariqlar, kanallar, hovuzlar va köllarni öz içiga oladi.
Bizda mana şu tizim buzilgan. Misol uçun, köçada ariqlar bir-biriga ulanmagan, suv bemalol oqadigan holatda emas. Qoidasi böyiça suv kiçkina ariqdan kattasiga, keyin kölga yoki hovuzga boğlanişi kerak. Bizda şu narsalar yöq, qança ariqlar betonlaştirib taşlandi, suvning şimilib ketişi uçun şaroit mavjud emas.
Hozirda yuzaga kelayotgan muammolar “syurpriz” emas, ularni oldindan prognoz qilsa bölardi. Endi hamma yerlarning betonlaştirib taşlanişi, suvni yer şimib olmayotgani, aksinça qayerlardadir toşib ketayotgani keyinçalik yana boşqa muammolarni keltirib çiqaradi. Yerostidagi suvlar yanayam pastga tuşib, gidrobalans buzilib boraveradi.
Gidrobalans suv balansidir. Deylik, yomğir yoğadi, yer şimib olişi natijasida suv yerostiga ketadi, 2-6 metr çuqurlikda suv bor, bu daraxtlarning yaşab ketişi uçun ham şaroit yaratib beradi. Agar tizim bölmasa, mana şu zanjir uzilib qoladi.
Sabablar haqida gapirsak, hammasi betartib qurilişning ortidan boşlangan. Boş reja yöq. Boş rejada mana şularning hammasi inobatga olinişi kerak. Har bir quruvçi biror yerda bino qurmoqçi bölsa, u yerdan suv ketadimi yoki yöq, hududdagi daraxtlar qayerdan suv içadi, suv yerostigaça yetadimi – bularning hammasi boş rejada inobatga olinişi kerak.
Ayni vaqt suvga tölib ketayotgan hududlarda muammo kölami keng. Vaqtinçalik çoralar körişga majburmiz, masalan, suvni nasos yordamida çiqariş. Biroq vaqtinçalik çoralar suv toşqini muammosi sababini tuzatib qöymaydi. Bu yerdagi eng samarali yeçim – u yerga suvni kelmasligidir. Demak, buni mutaxassislar örganib, hisoblab çiqişi kerak.
Muammolarni bartaraf etiş uçun eng katta qadam – boş rejani işlab çiqiş. Boş rejasiz heç narsa bölmaydi, özimizning va çet ellik mutaxassislarni jalb qilib, yaxşilab muhokama qilib, izlanib, rejalarni batafsil tayyorlab çiqiş kerak.
Keyingi qadam yuqorida qayd etilgan keraksiz joylarning asfalt va betonlaştiriş jarayonini töxtatiş kerak. Odam yurmaydigan, avtomobil qöyilmaydigan joylarni ham yopib taşlaşgan, öş yerlarni oçib, ösimliklarni ekiş, suvning ketişi uçun şaroit yaratiş kerak. Bu narsa juda katta yordam beradi. Yangi qurilayotgan joylarda talab bölişi lozim. Misol uçun, hududning qançadir foizida yaşil zona bölişi kerak, şunda ham betonning ustiga sun’iy qilib qöyib emas, haqiqiy tuproqli yer qilinişi lozim, toki suvni şimib olsin. Şuningdek, joylarda kiçkinagina köl qilib, ma’lum miqdordagi suvni öşa yerda yiğiş mumkin.
Mavjud ariqlarni tartibga soliş va bir-biriga ulab çiqiş kerak. Yangilanayotgan lotokli joylarga faqat teşikli lotok qöyiş kerak, buni şart qilib qöyiş lozim.
Özimizning 2 ming yillik tajribamiz bor. Yevropa mamalakatlariga öxşab suv ketişi uçun uzun trubalar qöyişning samarasi yöq. Körinib turibdiki, inqiroz röy bermagunça, suv toşqini bilan boğliq muammolarning sabablarini bartaraf etiş uçun heç qanday haqiqiy harakat bölmaydi”, – deydi şaharsoz Temur Ahmedov.
“Şahrimiz şaharsozlik qoidalariga amal qilingan holda töğri qurilganida edi...”
Şaharsozlik böyiça tajribali mutaxassislardan biri Iskandar Soliyev esa yuzaga kelayotgan suv toşqinlarini lotoklarning quruvçilar tomonidan besabab butkul yopib taşlanayotgani yoki ularda çiqindi tölib ketgani bilan izohlamoqda.
Soliyevga köra, 1990 yil aprel oyida Toşkent şahri uçun qayd etilgan kunlik rekord darajadagi yoğin miqdori 65,2 mmni taşkil etgan.
“Bu 2023 yil 2 aprelda yoğgan 20 mm yomğir miqdoridan uç barobar köproq degani. Şahar köçalarida ozgina yomğir yoğib qöysa, köçalarga suv toşib ketişi yangilik bölmay qoldi. Ilgari şaharlarning drenaj tizimi yöl çetidagi ariqlarning töğri işlaşi hamda çiqindilardan xoli bölgani hisobiga unçalik ham sezilmasdi.
Demak, suv toşqiniga yomğir emas, kerakli darajada hisob qilinmasdan örnatilgan lotoklarimiz yoki drenaj, irrigatsiya tizimlari köp hududlarda yopib taşlanganligi, axlatga tölganligi yoki bölmasam, bunda köplab yöl ötkazmalari ostidagi nasos stansiyalari va suv çiqib ketiş yöllari öylanmagan deb aytiş mumkin.
Bundan taşqari, bu yerda boşqa sabablar ham bor. Köplab daraxtlarni kesib, maysali yerlarni betonlab taşlamaganimizda, suvning katta bosimini qisqartirişda daraxtlarning ildizi hamda tuproq yordam bergan bölardi. Ba’zida elementar holatlarda, yöllarni yoki yölaklarni qurişda suv qanday çiqib ketişi öylanmagan böladi. Aslida poytaxt şaharsozlik qoidalariga amal qilingan holda töğri qurilganida edi, bunday muammolar bölmasdi ham.
Xöş, qanday yeçim bor?
Birinçidan, yomğir boğlari (rain garden) qilinişi kerak, bu muhim.
Videodagi drenaj tizimiga qarasangiz, bir qaraşda buni landşaft kompozitsiyasi deb öylaysiz. Aslida esa bu katta bir funksional işni amalga oşiradi.
Uning vazifasi suvni birinçi bosqiçdagi hovuz tölganidan söng keyingi hovuzga ötişi va şu tariqa katta miqdordagi suvni töğri taqsimlab, suvning toşib ketişining oldini oladi.
Ikkinçidan, lotoklar çiqindilar tuşmasligi uçun himoyalanişi, yopilişi zarur. Harholda ariqlar yopilsa, çiqindi tuşişi kamayib, suv toşişining oldi olinadi”, – deydi Soliyev.
“Muammolar boş rejasiz va gidrometeorologik ma’lumotlarni inobatga olmasdan qilingan şaharsozlik işlarining effektidir”
Iqlimşunos Erkin Abdulahatov ham muammoning yuzaga kelişini yoğingarçilik miqdoriga emas, avvalo quriliş loyihalariga tayangan holda infratuzilmalar barpo qilinmagani bilan izohlamoqda.
“2 aprel kuni Özgidromet binosi oldidagi “Toşkent-Observatoriya” kuzatuv maydonçasida umumiy 22 mm, Toşkent xalqaro aeroportida 33 mm yoğin yoğgan. Bu – aprel oyi davomida yoğişi kerak bölgan yoğinning uçdan bir va ikkidan bir qismiga teng degani.
“Toşkent-Observatoriya” stansiyasida Toşkentning kuzatuvlar tarixida sutka davomida eng köp yoğin 1990 yil 8 aprelda röyxatga olingan, öşanda şaharda bir sutkada 65 mm yomğir yoğgan. 1895 yil 28 may poytaxtda bir sutkada 50 mm yomğir kuzatilgan. Yoğinlarda intensivlilik degan tuşunça bor. Yoğinlar juda qisqa vaqt içida va juda kuçli yoğsa, u keltirib çiqadigan xavflar ortadi.
Çaqmoq-momaqaldiroqli yoğinlar joylarda juda ham notekis taqsimlanadi. Keça ham Toşkentda hattoki juda ham kam yomğir kuzatilgan joylar bilan bir qatorda 22-30 mm dan köp yoğin kuzatilgan joylar ham bölgan. Demak, keça poytaxtda kuzatuvlar tarixida eng köp yoğin kuzatilmadi.
Mazkur muammolar boş rejasiz va gidrometeorologik ma’lumotlarni inobatga olmasdan qilingan şaharsozlik işlarining effekti hisoblanadi. Ular bartaraf etilmasa, kelgusida bundan-da katta muammolar yuzaga kelişi mumkin. Çunki iqlim özgarişi tufayli prognozlarda kelgusida kuçli yoğinlar yoğişdagi mavsumlar özgarib, yoğin jadalliklari ham juda ortadi.
Toşkentning barça joyida deyarli şunday. Yer özlaştiriş hisobiga kanalllar, lotoklar, drenajlar kömib taşlangan. Amir Temur xiyoboni bekati ustida ham palapartiş irrigatsiya tizimining joriy etilişi metro içiga suv kirib ketişini yuzaga keltirgan.
Yeçim qanday? Quriliş normativ hujjatlari böyiça barça infrstrukturalarni barpo etişda joyda kuzatilgan eng köp yoğin qiymatlari inobatga olinib, quriliş loyihalari işlab çiqilişi, drenaj, irrigatsiya tizimlari şunga monand tanlanişi lozim. Şunda keçagi poytaxtdagi kabi noxuş oqibatlar röy bermaydi”, – deya qayd etadi Abdulahatov.
Umuman olganda, drenaj, irrigatsiya tizimidagi muammolar zanjirdek bir-biriga boğliqligi doim aniq bölgan. Hokimlarning tadbirkorlarga quriliş uçun ajratayotgan yeri (yaşillikka boy, suğoriladigan yerlar berilişi mumkin emas), quriliş loyiha hujjatlari, boş reja işlab çiqilişi, quruvçining unga amal qilişi, qolaversa, munitsipal vakolatga ega organlarning bu jarayonda infratuzilmaga e’tibor qaratişi kabi masalalar juda muhim.