Belarus kiberfiribgarlari aldangan fuqarolardan olingan mablağlarning 5,9 foizini Özbekistondagi bank muassasalari hisob raqamlariga yönaltirgan. Bunday ma’lumotlarni Belarus Tergov qömitasi taqdim etdi.
Vazirlik ma’lumotlariga köra, joriy yilning ikkinçi çoragida kiberfiribgarlar Belarus fuqarolaridan jinoiy yöl bilan qölga kiritgan pul mablağlarining 47,2 foizi Rossiyaga yönaltirilgan.
Keyingi örinlarni katta farq bilan Özbekiston va Slovakiya egalladi - 5,9 foizdan. Topga Tojikiston (5,8 foiz) va Qirğiziston (5,6 foiz) ham kirdi.
Jinoyatçilar, şuningdek, aldangan fuqarolarning mablağlarini Vetnam, Malayziya, Lyuksemburg, Isroil va Çili bank taşkilotlari hisob raqamlariga ötkazgan.
Tergov qömitasi firibgarlarning sxemasi haqida ham ogohlantirdi: ular abonentlarga bonuslar, jönatmalar yoki tovar va xizmatlarga çegirmalar oliş taklifi bilan elektron poçta xabarini yuboradi. Söngra «sovrinlarni» oliş uçun havola orqali ötiş va öz ma’lumotlarini kiritişni talab qiladi.

















