Toşkent şahar Yakkasaroy tumani hokimligi ma’lumotlariga köra, boşqa vayronagarçiliklar aniqlanmagan, aholi ham jabrlanmagan.

«Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Yakkasaroy tumani Bobur köçasida 1963 yilda qurilgan 59-uy 17-19-xonadonlarning balkon qismi kuçli yomğir tufayli qulab tuşgani haqida xabar tarqaldi.

Vaziyat Yakkasaroy tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi qutqaruvçilari hamda Toşkent şahar hududiy uy-joy fondini nazorat qiliş inspeksiyasi mas’ul şaxslari tomonidan zudlik bilan örganildi.

Uyning içki qismiga zarar yetmagan, aholi ham jabrlanmagan.

Şu munosabat bilan tegişli taşkilotlar tomonidan uyni instrumental texnik körikdan ötkaziş rejalaştirilgan», — deyiladi xabarda.