Toshkentda ko‘p qavatli avtoturargohlar budjet hisobidan yoki DXSh asosida quriladi

Foto: AP
Vazirlar Mahkamasining “Davlat budjeti hisobidan yoki davlat-xususiy sheriklik asosida Toshkent shahrida ko‘p qavatli avtoturargohlarni qurish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Nizom davlat budjeti hisobidan yoki davlat-xususiy sheriklik asosida Toshkent shahrida ko‘p qavatli avtoturargohlarni qurish va ularni tayyor biznes sifatida tadbirkorlik sub’yektlariga avtoturargoh profilini o‘zgartirmaslik sharti bilan sotish tartibini belgilaydi.
Toshkent shahri hududida avtoturargohlar qurilishiga yer uchastkalari quyidagi mezonlarga muvofiq tanlanadi:
a) shaharga avtomototransportning asosiy kirib kelish avtomagistrallarga;
kun davomida aholi gavjum bo‘ladigan savdo, sport, dam olish va ko‘ngilochar majmualariga hamda oliy ta’lim muassasalariga;
aholi uchun ish o‘rinlari ko‘p miqdorda konsentratsiyalashgan ishlab chiqarish obektlariga;
aholi uchun chiqib ketishga mo‘ljallangan aeroportlar, temiryo‘l vokzallari, avtovokzallar va shahardan tashqaridagi manzillarga eltuvchi taksi turargohlariga yaqin bo‘lishi;
b) avtoturargohlar joylashtirilishi yo‘l harakati xavfsizligiga zid bo‘lmasligi.
Avtoturargohlar tanlangan yer uchastkalarida shaharsozlik, yong‘in xavfsizligi, ekologiya va sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq joylashtiriladi.
Avtoturargohlar qurilishi uchun bo‘sh yer uchastkalari nazarda tutilgan hududlarda Transport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, Qurilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hududiy organlari, “ToshkentboshplanLITI” DUK hamda Toshkent shahar hokimligi vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan joyiga chiqqan holda aniqlanadi.
Avtoturargohlar qurilishi uchun aniqlangan bo‘sh yer uchastkalarida “ToshkentboshplanLITI” DUK Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi bilan birgalikda joylashtirish plani tayyorlanadi va YERELEKTRON avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali Kadastr agentligiga yuboriladi.
Avtoturargohlar qurilishi uchun aniqlangan bo‘sh yer uchastkalari Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning ma’muriy reglamentda belgilangan tartibda avtoturargohlar qurilishi uchun belgilangan vakolatli tashkilotga ajratiladi.
Ko‘p qavatli avtoturargohlar uchun yer maydonini ajratishdan oldin belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkaziladi hamda tabiatni muhofaza qilish qonunchiligiga qat’iy rioya etilishi yuzasidan davlat nazorati o‘rnatiladi.
Davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan avtoturargohlarni davlat sherigi tomonidan ijaraga berish shaklida amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronning yadro dasturi: Tramp nega o‘zi barbod qilgan bitimni tiklamoqchi?
Jahon | 21:53
-
Reuters: Rossiya frontda foydalanayotgan o‘q-dorilarning yarmini KXDR yetkazib bermoqda
Jahon | 21:51
-
«Kurash hech qachon tugamaydi». Saida Mirziyoyeva oiladagi zo‘ravonlikka qarshi qonunga kiritilgan o‘zgartirishni olqishladi
O‘zbekiston | 21:48
-
Rossiya tinchlikka erishish uchun Ukrainadan anneksiya qilingan hududlarni so‘radi
Jahon | 21:42
Mavzuga oid

09:54 / 14.04.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan birida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi

21:51 / 11.04.2025
Toshkent shahrida 12-13 aprel kunlari keng ko‘lamli hashar o‘tkaziladi

22:19 / 10.04.2025
Toshkentdagi ayrim yo‘llar vaqtincha yopildi

21:18 / 10.04.2025