Angliyaning Legatum Institute xalqaro tahliliy markazi mamlakatlarning farovonlik darajasi böyiça navbatdagi reytingini e’lon qildi (Legatum Prosperity Index 2023).
Özbekiston uşbu reytingda dunyoning 167 davlati orasida 100-örinni egalladi.
Bu Markaziy Osiyo davlatlari orasida uçinçi körsatkiç: Qozoğiston 69-örinda, Qirğiziston 94-örinda, Turkmaniston 107-örinda va Tojikiston 113-örinda qayd etilgan.
Tadqiqot mualliflari fikriga köra, Skandinaviya mamlakatlari - Daniya, Şvetsiya va Norvegiya dunyodagi eng gullab-yaşnagan davlatlar hisoblanadi. Eng farovon mamlakatlar beşligiga Finlyandiya va Şveytsariya ham kirdi.
Reytingda sönggi örinlarni Somali, Afğoniston, Markaziy Afrika Respublikasi, Yaman va Janubiy Sudan egallagan.
Farovonlik indeksi 2006 yildan beri dunyo mamlakatlari erişgan yutuqlarni ularning gullab-yaşnaşi nuqtai nazaridan ölçaydigan kompozit körsatkiçdir. Indeks jamiyatning turli jihatlari va ijtimoiy farovonlik parametrlarini aks ettiruvçi 12 toifaga birlaştirilgan köplab turli körsatkiçlar asosida tuzilgan.
Özbekistonning uşbu parametrlar böyiça egallagan örinlari:
- ijtimoiy kapital (46-örin);
- soğliqni saqlaş (49-örin);
- xavfsizlik (53-örin);
- ta’lim (73-örin);
- iqtisodiyot sifati (79-örin).
- yaşaş şaroitlari (103-örin);
- infratuzilma va bozorga kiriş imkoniyati (104-örin);
- investitsiya muhiti (107-örin);
- işbilarmonlik muhiti (121-örin);
- davlat boşqaruvi (123-örin);
- şaxsiy erkinliklar (147-örin);
- atrof-muhit (162-örin).
Legatum Institute 2007 yilda Dubayda joylaşgan Legatum Group investitsiya firmasining xayriya bölimi hisoblanmiş Legatum fondi tomonidan taşkil etilgan.





