
Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Borsakelmas” davlat buyurtma qo‘riqxonasini tashkil qilish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qoraqalpog‘istonning Chimboy tumanida o‘tkazilgan “IT bilimdoni” tanlovi sovrindorlari sertifikatlar hamda elektr tarmog‘ining filtr-uzaytirgichi (“pilot”), klaviatura va noutbuk sumkasi bilan taqdirlandi. Bu holat internetda muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Ahmed Narimbetov Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vaziri etib tayinlandi.

Nukus shahar elektr ta’minoti korxonasi muhandisi tomonidan qonunga xilof ravishda ishchi xodimlarning har biri 360 kilogrammdan qora metall va 15 kilogrammdan rangli metall olib kelishga yoki metallolom o‘rniga 250 ming so‘mdan pul yig‘ib berishga majburlanayotgani ma’lum bo‘lgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasining Kegeyli tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga yaqindan yordam berish Andijon viloyati faollariga yuklatilgan. Hozirda andijonlik mutasaddilar, tadbirkor hamda fermerlar Kegeylida faollik ko‘rsatishmoqda.

Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vaziri Jo‘qarg‘i Kenges sessiyasida 2021 yilda Qoraqalpog‘istondagi jinoyatchilik holati haqida ma’lumot berdi. Amanbay O‘rinbayev bayonotini yakunlagach, Xo‘jayli tumani 37-sonli "Suyenli" saylov okrugidan Jo‘qarg‘i Kengesga saylangan deputat Tabassumxon Ro‘zmetova Xo‘jayli tumanida ayol yosh bolalarini kaltaklab, xo‘rlagani voqeasi yuzasidan vazirga savol berdi.

Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vaziri Jo‘qarg‘i Kenges sessiyasida 2021 yilda Qoraqalpog‘istondagi jinoyatchilik holati haqida ma’lumot berdi. Vazir Amanbay O‘rinbayevning ta’kidlashicha, 2021 yilda Qoraqalpog‘istonda sodir qilingan 3 mingdan ziyod jinoyatlarning 40 foizini oldini olish mumkin bo‘lgan.

Eng qimmat osh Toshkent shahrida va eng arzon osh Namangan viloyatida kuzatilgan.

Prezident tomonidan “Qoraqalpog‘iston shimoliy tumanlarida tadbirkorlikni rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror imzolandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining sharqiy tumanlarida ko‘payib borayotgan mazkur turdagi tavakkalchilikka asoslangan noqonuniy lotereya o‘yinlari “to‘riga” asosan migrantlar ilinyapti. Tashkilotchilar fuqarolarga ijtimoiy tarmoqlardagi kanallari orqali o‘yinda ishtirok etish uchun har bir lotereya chiptasini 200-250 ming so‘m yoki 1500 rublgacha pullamoqda. Bu qonunchilikka zid.

Lacetti haydovchisi mast holatda bo‘lgan.

Investitsiyalar hajmi 3 million dollarni tashkil etgan loyiha mualliflaridan biri Beknazar Abdikamalov bungacha Amazon’da ishlagan. Loyiha bosh muxandisi Aziz Murtazayev esa Facebook sobiq dasturchisi hisoblanadi.