Ijtimoiy tarmoqlarda JIB Nukus şahar sudi sudyasi tergov organi tomonidan qöyilgan ayblovlarni asossiz olib taşlab, hukm çiqargani haqidagi xabarlar tarqaldi. Qoraqalpoğiston Respublikasi prokuraturasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinişiça, mazkur jinoyat işi Qoraqalpoğiston Respublikasi prokuraturasi tomonidan Nukus şahar IIO FMB profilaktika inspektori A.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan qözğatilgan.
“Tergovda töplangan dalillarga köra, profilaktika inspektori A.M. öziga biriktirilgan mahallada istiqomat qiluvçi keksa yoşdagi O.Ye.ning yaqin qarindoşlari yöqligi va aqli norasoligidan foydalanib, uning mulklarini qölga kiritişni maqsad qilgan. Inspektor göyoki Ye.O. jamoat joylarida yuriş-turiş qoidalarini buzib yurgani töğrisida 1-son ruhiy-asab kasalliklari şifoxonasi rahbariga bildirişnoma yozib, majburan şifoxonaga joylaştirib, uni uyidan çiqarib yuborişga va ozodligini çeklaşga erişgan.
Söngra, u O.Ye.ga qaraşli turar joyga egalik huquqini tasdiqlovçi orderni soxtalaştiriş orqali kadastr idorasi xodimi Ç.S. kömagida qalbaki kadastr hujjatlarini tayyorlab, turar joyni özining nomiga rasmiylaştirgan. Profilaktika inspektori qilgan jinoyatlarini yaşiriş maqsadida turar joyni turmuş örtoği O.D.ga hadya şartnomasi orqali qayta rasmiylaştirib, Ye.O.ning juda köp miqdordagi mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qilgan.
Şuningdek, u jabrlanuvçi Ye.O.ning ojizligidan foydalangan holda qölga kiritgan bank plastik kartasidagi pul mablağlarini öz ehtiyojlariga işlatib yuborgan”, deyiladi rasmiy munosabatda.
Qayd etilişiça, inspektor O.Ye.ning bankdagi omonat hisobraqamida saqlanayotgan juda köp miqdordagi pullarini bank xodimlarini göyoki egasiga beriş uçun olayotganiga işontirib, qölga kiritişga ham erişgan. Söngra uşbu mablağga opasining nomiga Lacetti maşinasini xarid qilib, jinoiy daromadlarini legallaştirgan.
Tergov natijasiga köra, profilaktika inspektori A.M.ga Jinoyat kodeksining 206-moddasi 2-qismi “a” bandi, 228-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari, 228-moddasi 3-qismi, 169-moddasi 4-qismi “a” bandi, 243-moddalari hamda kadastr idorasi xodimi Ç.S.ga 228-moddasi 2-qismi “a” bandi, 228-moddasi 3-qismi va 28,169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan ayb e’lon qilinib, jinoyat işi sud muhokamasiga yuborilgan.
“Biroq Nukus şahar sudi sudyasi 2024 yil 7 iyundagi sud hukmiga asosan tergov organi tomonidan A.M.ga Jinoyat kodeksining 169, 228, 243-moddalari bilan qöyilgan ayblovlarni asossiz ravişda olib taşlab, uni Jinoyat kodeksining 206-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybli deb topgan hamda 2 yil muddatga muayyan huquqdan mahrum qilgan holda 2 yil ozodlikdan çeklaş jazosi tayinlagan.







