16 May

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha ma’lumot tarqaldi. IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati rasmiy xabar berdi.

15 May

Toshkent shahrida Cobalt va Spark avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

14 May

Ijtimoiy tarmoqlarda shifoxonada ayollar va erkak o‘rtasidagi janjal aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

13 May

Toshkent hokimligi, shahar kengashining qarorini asos qilib ko‘rsatgan holda, ko‘p qavatli uylar fasadidagi mozaikalarni o‘chirib tashlamoqchi bo‘lgandi. Mozaikalarni bo‘yab tashlash deputatlarning qarori bo‘lganiga ishongan bloger Nikita Makarenko ularni tanqid qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, deputatlar shu kunning o‘zida shahar IIBBga bloger ustidan ariza bergan.

12 May

Chilonzor tumanida o‘lim bilan yakun topgan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Poytaxt IIBB rasmiy ma’lumot berdi.

Prezidentning “Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Vazirlar Mahkamasining «Toshkent shahri issiqlik ta’minoti tizimini davlat-xususiy sheriklik asosida yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

11 May

Texnika fanlari doktori, asli o‘zbek bo‘lgan amerikalik drenaj bo‘yicha taniqli mutaxassis Asqarali Karimov Toshkent shahrini yomg‘irlardan so‘ng yuzaga keladigan suv toshqinlaridan qutqarish rejasini ishlab chiqadi.

Toshkentdagi bankomat orqali qalbaki 2 000 AQSh dollari so‘mga ayirboshlandi. Uzcard o‘tgan yilning sentabr oyida soxta valuta ayirboshlash holatlari tufayli xizmatni vaqtincha to‘xtatgandi.

11 may kuni Toshkentda «Xalq diplomatiyasi – taraqqiyot yo‘lida o‘zaro hamjihatlik» shiori ostida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning Xalq diplomatiyasi forumi boshlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar IIBB xodimiga nisbatan sodir bo‘lgan YTH haqidagi videolavhalar tarqaldi. Poytaxt IIBB rasmiy ma’lumot berdi.

“Toshshahartransxizmat” poytaxtda yo‘lovchilar eng ko‘p foydalanuvchi avtobus yo‘nalishlarini ma’lum qildi. 

Ko`proq yangiliklar
Top