Yöl kengayişi va köprik qurilişi sabab Qöyliq dehqon bozori va unga tutaş bölgan ulgurji savdo maydoni joylaşgan manzil Toşkent viloyatining Örta Çirçiq tumani Mehnatobod köçasida joylaşgan Food City savdo markaziga köçirilişi haqida xabar berilgandi.
Bu yangilik ijtimoiy tarmoqlarda jiddiy e’tirozlar va bahslarga sabab böldi. Yangi majmuadagi dökonlar ijarasi haddan taşqari qimmatligi, maydoni esa juda kiçikligi bois savdogarlar bozor köçişi natijasida Toşkentda oziq-ovqat narxi oşişi mumkinligidan ogohlantirişmoqda, minglab kişilar esa kundalik daromadidan ayrilişidan katta xavotirda ekanini bildirgan. Ammo kutilmaganda bozor rasmiysi bozor buzilişi haqidagi xabarlarni inkor etmoqda.
ÖzA tayyorlagan videoreportajda Qöyliq dehqon bozori direktorining xavfsizlik böyiça örinbosari Qodirjon Normirzayev bozor buzilişi yoki köçişi haqidagi e’tirozlarga munosabat bildirib, bu borada heç qanday rasmiy topşiriq berilmaganini aytib ötdi. Uning qöşimça qilişiça, aylanma köprik loyihasini amalga oşiriş uçun bozorni buzişga hojat yöq.
«Yangi köprik quriş hozirça loyiha. Uşbu köprik qurilişiga 2025 yil yoki boşqa ma’lum bir aniq vaqt belgilanmagan. Qurilgan taqdirda ham köprik bilan bozor oraliğida katta joy bor, aylanma yöl qilib, pastga tuşirganda ham bozorga xalaqit qilmaydi.
Yangi bozorga köçiş böyiça hali bizga şahar hokimiyati yoki bozorlar markazi tomonidan heç qanaqa xabar berilmagan, ogohlantiriş xatlari ham yuborilmagan. Yangi bozor masalasiga töxtaladigan bölsak, u asosan ulgurji mahsulotlar sotiş uçun möljallangan. Bundan közlangan maqsad katta yuk maşinalarining şahar içiga kirib, tirbandlik yuzaga keltirişiga yöl qöymaslik.
Aylanma köprik loyihasini amalga oşiriş uçun bozorni buzişga hojat yöq, çunki yetarli darajada joy bor», degan u.
Iqtisodçi Otabek Bakirov köçmagan sotuvçilarni javobgarlikka tortiş böyiça ogohlantiriş xatini kim bergani yuzasidan savollar qöydi.
«Qöyliq dehqon bozorining direktor örinbosari intervyu beribdi. Unga köra, bozor buzilmaydi, köçirilmaydi, bozor rezidentlariga ogohlantiriş xatlari ham berilmagan.
Unda kim köçmagan bozorçilarni javobgarlikka tortiş böyiça ogohlantiriş berdi? Marsliklarmi?













