Jamiyat | 08:53 / 14.05.2022
16074
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi klinikada bir guruh fuqarolar o‘rtasida janjal kelib chiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda shifoxonada ayollar va erkak o‘rtasidagi janjal aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Foto: IIBB axborot xizmati

Joriy yilning 4 may kuni taxminan soat 20:30 larda Yunusobod tumanida joylashgan xususiy klinikalardan birida 1992 yilda tug‘ilgan ayol Y.L. va singlisi, 1996 yilda tug‘ilgan Y.X. shifokor ko‘rigiga navbatsiz kirib ketgan. 

Qayd etilishicha, bundan norozi bo‘lgan navbatda turgan, 1993 yilda tug‘ilgan erkak M.S. e’tiroz bildirgan. Natijada ular o‘rtasida o‘zaro janjal chiqqan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi ("Bezorilik") alomati bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Xabarga ko‘ra, hozirgi vaqtda tergov davom etmoqda.

Mavzuga oid

E`lonlar