Iqlim özgarişi sababli sönggi yillarda yoğingarçilik hajmi keskin oşib yoki kamayib ketmoqda. Qisqa vaqt içida yoğayotgan me’yoridan bir neça barobar ortiq hajmdagi yoğingarçiliklar sababli Toşkent şahri köçalarida toşqinlar kuzatilmoqda.

«Mavjud zovurlar (drenaj) tizimi 1970-yillar boşida loyihalaştirilgan bölib, 1990-yillargaça barpo etilgan. Biroq poytaxtda aholi soni oşişi, şahar sarhadlari kengayişi, yangi turar joylar, sanoat va boşqa obektlar paydo bölişi bilan sönggi yillarda mavjud zovurlarni va tozalaş inşootlarini modernizatsiya qiliş hamda bu sohaga investitsiyalarni jalb qiliş masalasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Ta’kidlaş joiz, zovurlarni va tozalaş inşootlarini modernizatsiya qiliş loyihasini işlab çiqiş va modernizatsiya qiliş — yuqori texnologik yeçimlar va katta hajmdagi mablağlarni talab qiluvçi murakkab jarayon. Rivojlangan davlatlarda rekonstruksiya böyiça boy tajriba töplangan bölib, yurtdoşlarimiz bunday loyihalarni samarali amalga oşirayotgan xorijiy kompaniyalarda işlab kelayotgani quvonarli. Ular qatorida AQŞda işlab kelayotgan özbek olimi, texnika fanlari doktori, Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaştiriş muhandislari institutining bitiruvçisi, toşqin va yoğingarçiliklarni monitoring qiliş, içimlik va oqova suvlarini loyihalaştiriş böyiça malakali mutaxassis Asqarali Karimov bor», deyiladi şahar hokimligi matbuot xizmati xabarida.

Toşkent şahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlaniş departamenti tomonidan Asqarali Karimov hamda Toşkent şahar hokimi örinbosarlari A.Xen va Ş.Rahimjonov iştirokida oqova suvlarni tozalaş inşootlarini Ğarb standartlari asosida modernizatsiya qiliş masalalariga bağişlangan videokonferensiya taşkil etildi.

Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati

Toşkent şahridagi oqova suvlarni tozalaş inşootlari sohasidagi muammolar bilan tanişgan A.Karimov AQŞ va Yevropa davlatlarida drenaj tizimlari va tozalaş inşootlarini rekonstruksiya qilişda qöllanayotgan zamonaviy texnologiyalar haqida ma’lumot berdi. Şuningdek, jarayonlarni modellaştirişda qöl keladigan loyihalarning kartografik va dasturiy ta’minoti haqida ham töxtalib ötdi.

Uşbu ma’lumot Toşkent şahar hokimligi vakillarida qiziqiş uyğotgan va A.Karimov poytaxt tozalaş inşootlarini modernizatsiya qiliş loyihasida iştirok uçun taklif qilingan. U bu taklifni qabul qilgan.