Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahridan “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga bepul avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
22 kun davomida “Do‘stlik” metrosi–“Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘nalishida harakatlanuvchi avtobuslar bepul qatnovni amalga oshiradi.
Toshkent shahrining “Do‘stlik” metrosi va Toshkent viloyatining “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘nalishida harakatlanuvchi maxsus avtobuslarning bepul qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
“Toshshahartransxizmat” AJ xabariga ko‘ra, mazkur qatnovlar 22 kun davomida amalga oshiriladi.
“Kirib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyuruvchi fuqarolar va poytaxtimiz mehmonlariga sifatli va qulay transport xizmatini ko‘rsatish maqsadida “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan joriy yilning 20 dekabr kunidan boshlab, 2022 yilning 10 yanvar kuniga qadar “Do‘stlik metrosi–Yangi O‘zbekiston bog‘i” yo‘nalishida harakatlanuvchi maxsus bepul avtobuslar ishga tushirildi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ushbu yo‘nalishdagi 6 ta avtobus soat 08:00 dan 22:00 gacha har 10-11 daqiqa oralig‘ida harakatlanadi.
Mavzuga oid
21:31 / 02.02.2026
«Nega menga cho‘pchak gapirasan?» - prezident Shayxontohur tumani IIB sobiq rahbariga tanbeh berdi
18:38 / 31.01.2026
Yashnoboddagi yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi
17:07 / 31.01.2026
Yashnobod tumanidagi Aviator majmuasida yong‘in chiqdi
14:59 / 31.01.2026