Yaşnobod tumanida qalbaki AQŞ dollarini bankomat orqali sömga ayirboşlagan fuqarolar aniqlandi, deya xabar bermoqda Boş prokuratura huzuridagi departament. 

Ma’lum bölişiça, “Ipak yöli bank” amaliyot boşqarmasining murojaatiga asosan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda, fuqaro S.F. va boşqalar uşbu bank filialiga tegişli Parkent köçasida joylaşgan bankomat orqali qalbaki 2 000 AQŞ dollarini sömga ayirboşlab olganliklari aniqlangan.

Boş prokuratura holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qoğozlar yasaş, ularni ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilayotganini ma’lum qildi.

2021 yilning sentabr oyida UzCard soxta valuta ayirboşlaş holatlari tufayli bankomatlarda valuta ayirboşlaşni töxtatgandi.

Kompaniya bergan rasmiy bayonotda UzCard valuta operatsiyalari işonçliligini ta’minlaşi kerakligi uçun bankomatlarda 100 va 50 AQŞ dollari nominalidagi banknotlarni almaştiriş funksiyasini vaqtinça öçirib qöygani haqida söz borgandi.

Şuningdek, kompaniya bankomatlar dasturiy ta’minotini yangilaş böyiça işlar boşlaganini ma’lum qilgandi. Biroq bankomatlar orqali valuta ayirboşlaş qaçon tiklanişiga oydinlik kiritilmagan edi.

Ma’lumotlarga köra, 2022 yilning yanvar oyi oxirlarida bankomatlar orqali valuta ayirboşlaş qisman qayta yölga qöyilgan.