Senat raisi Tanzila Norboyeva palataning 16 dekabr kungi yalpi majlisida hisob bergan Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayevni Ğafur Ğulom boği xususida savolga tutdi.

“Odamlar hozir bizdan sörayapti: Ğafur Ğulom boğidagi obodonlaştiriş işlari qay ahvolda, u yerda nima bölyapti?” – dedi Norboyeva.

Jahongir Ortiqxöjayev boğ investorga berilgani, lekin u öziga qöyilgan vazifalarni bajarmayotganini bildirdi.

“Ğafur Ğulom boği investorga berilgan. Bizga taqdim etgan loyihasi böyiça 2 yil davomida heç qanday daraxtga tegmasdan, plyaj zonalarini asl holiça qoldiriş, uni rekonstruksiya qiliş va qöşimça yangi attraksionlarni qöyişi körsatilgan. Lekin hozir tadbirkorimiz 1 yildan oşdiki, haligaça öziga qöyilgan vazifalarini bajarmadi. Buni qayta körib çiqamiz”, – dedi Toşkent şahar hokimi.

Foto: Oliy Majlis Senati

Avvalroq, şahar hokimligi Ğafur Ğulom boğini modernizatsiya qiliş uçun 49 yilga Singapur kompaniyasiga berilganini ma’lum qilgandi.

Şu bilan birga, aholida boğ hududida turar joy qurilişi va undagi daraxtlar kesib taşlanişi böyiça xavotirlar paydo bölgandi. Şahar hokimligi va boğ ma’muriyati bu xavotirlar asossizligini bildirgandi.

Keyinroq, boğ ma’muriyati ham rekonstruksiya jarayonida barça daraxtlarni saqlab qolişga va’da bergandi.

Eslatib ötamiz, Ğafur Ğulom boği Singapurda röyxatga olingan “BMP Smart Decision Private Limited” kompaniyasiga zamonaviy köngiloçar maskan barpo etiş uçun ijara huquqi asosida 49 yil muddatga berilgan.

Jamoatçilik bu haqda oradan qariyb 1 yil ötgandan keyin xabar topgan, öşanda yuqoridagi kompaniya ta’sisçisi Şerzod Halimov ismli Özbekiston fuqarosi ekani, kompaniyaning ustav kapitali bor-yöği 700 dollar ekani