6 oy içida Janubiy Koreyaga işga yuborişini aytib, milliardlab söm mablağni özlaştirgan «Profelite IMP xususiy bandlik agentligi» rahbari Ibrohim Jonuzoqovga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan firibgarlik) bilan sirtdan ayblov e'lon qilingan va sirtdan «qamoqqa oliş» tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilib, qidiruvga berilgan.
Tergov hujjatlariga köra, Ibrohim Jonuzoqov 2017 yil yanvar oyidan 2019 yil avgust oyiga qadar bölgan vaqt oraliğida «Profelite IMP» xususiy bandlik agentligini taşkil qilib, 300dan ortiq fuqaroni Janubiy Koreyaga işga yuborişni va'da qilgan. Ulardan jami 9 milliard sömga yaqin pul mablağlarini olib, öz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.



Joriy yilning 14 sentabr kuni Jinoyat işlari böyiça Sergeli tumani sudining iş böyiça hukmi çiqqan. Sud hukmni 24 sentyabrdan kuçga kirişini ma'lum qildi. Hukm kuçga kirganidan söng, ijroga qaratiladi.
Aniqlanişiça, yetkazilgan zarar 9 mlrd sömga yaqin. Lekin hozirça bandlik agentligining vazirlik hisob raqamiga depozitga qöygan 50 ming AQŞ dollari va «Lacetti» rusumli avtomaşinasidan boşqa mulki yöq.
Fuqarolarning xavotiri ham şunda. Ya'ni yetkazilgan zarar 9 mlrd.ga yaqin, ammo xatlangan mulk undan ança kam. Sud hukmiga binoan, mavjud pul mablağlari fuqarolarga proporsional tarzda qaytariladi.

Fuqarolar bilan uçraşuvga kelgan Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri örinbosari Bahodir Umrzoqovning sözlariga köra, fuqarolarga yetkazilgan zarar töliq qoplanadi. Zararning qöşimça qismi Mehnat migrantlarini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi orqali tölab beriladi. Jamğarmaga pul mablağlari davlat budjetidan ötkazilişi ma'lum qilindi.
Voqea joyida bölgan Kun.uz muxbirining xabar berişiça, fuqarolarning e'tirozlari hukumat vakillari tomonidan tinglandi. Yakunda fuqarolardan 5 kişi tanlanib, boş vazir qabuliga kiritilişiga kelişildi.








