Kun.uz’ning Andijon viloyati hayotini yoritiş uçun oçilgan hududiy Telegram kanalida Asaka tumanidan bir neça bora tanqidiy materiallar, fuqarolarning murojaatlari e'lon qilindi. Maqsad — muammolar bartaraf etilib, aholining yaşaş tarzi yanada yaxşilanişi edi.
Lekin tuman hokimligi mutasaddilari kötarilgan masalalarga nisbatan «pinagini ham buzayotgani yöq». Bu nimadan darak: mas'ullarga «Tanqid va murojaatlarga javob bermaysan, örganmaysan, bugun bittasiga raddiya yoki munosabat bildirsang, ertaga boşqasi yozadi», qabilida topşiriqlar berilayotganidanmi?
Keling, kanalda yoritilgan misollarga ötamiz.
20 yanvar kuni tumandagi dehqon bozori oldidagi avtomobillarning pala-partiş joylaşişi oqibatida yöllar tösilib qolayotgani, mazkur holat piyodalar va qolgan haydovçilarga noqulaylik tuğdirayotgani;
17 fevral kuni «Çek» MFYda joylaşgan xonadonlar oldidan ötgan ariqdagi suv sabab uylar nurab tuşayotganligi;
23 fevral kuni «Dörmon» MFY, Dörmon köçasiga içimlik suvi tuşiriş işlari oxiriga yetkazilmay taşlab ketilgani;
25 fevral «Kun fotosi» rukni ostida tumandagi «Arğin» MFY, Jonon köçasidagi holat haqidagi xabarlar e'lon qilingan.
Ammo, ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritilayotgan tumandagi muammolar ham mas'ullar tomonidan örganilmay, bartaraf etilmay, şunçaki bepisandlik bilan çetga surib qöyilayotganiga guvoh bölmoqdamiz.
Tuman hokimligining rasmiy Telegram kanalida esa hokimning fuqarolarni qabul qilgani va sport musobaqalari yoritib boriladi, xolos. Fuqarolar murojaat qilişi uçun esa heç qanday aloqa vositalari haqida xabar ham, bildirgi ham yöq.
Asaka tuman hokimligidan respublikada olib borilayotgan oçiqlik siyosatini qöllab-quvvatlagan holda tumandagi aholini qiynab kelayotgan muammolarni hal etişda faollik körsatişini sörab qolamiz.








