Özbekistonda kuçli şamollar tufayli mavsumga xos bölmagan çang-qumli böron hodisasi yuz bermoqda. Kuçli şamol natijasida tuproqning juda quruq usti qatlami kötarilişi payşanba kuni Toşkentda ham çang-qumli tuman kuzatilişiga sabab böldi.

Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berişiça, 4 noyabr kuni keçqurun Toşkentda kuzatilgan ğayrioddiy çang-qumli tumanga şamolning kuçayişi natijasida tuproqning juda qurib qolgan ustki qatlami kötarilişi sabab böldi.

4 noyabr kuni Özbekiston hududiga Uraldan sovuq havo oqimlari kirib kelgan. Sovuq front zonasida şamol tezligi 12–15 m/s.gaça, Buxoro, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 20–25 m/s.gaça kuçayişi kuzatildi.

«Şamol kuçayişining oqibatida tuproqning juda quruq ustki qatlami kötarildi va respublikaning bir qator tumanlarida körinuvçanlik 500–1000 m.gaça pasayib, çang-qumli ğubor holatini keltirib çiqardi», deyiladi xabarda.

Atmosfera havosidagi çang miqdori belgilangan miqdorlardan 5 barobarga oşdi.

Ayni damda şamol tezligi 5–10 m/s.ni taşkil etmoqda.