Davlat statistika qömitasi bozorlardagi narx-navo töğrisida ma'lumot berdi. Qömita mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2019 yil 3 dekabr kuni kuzatuv ötkazib, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini keltirdi.

Mol göşti (lahm göştidan taşqari) 35 000 sömdan 57 000 sömgaça (kg)

Kuzatuv natijasiga köra, 1 kg mol göştining (suyaksiz göştidan taşqari) minimal narxi Nukus şahrining «Nukus dehqon bozori»da qayd etilgan (35 000 söm). Mol göştining maksimal narxlari esa Toşkent şahrining «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (57 000 söm).

Qöy göşti 37 000 sömdan 64 000 sömgaça (kg)

Qöy göştining minimal narxi kuzatuv natijasiga köra, Nukus şahrining «Nukus dehqon bozori»da (37 000) sömdan röyxatga olingan. Maksimal narxlari esa Toşkent şahrining «Oloy dehqon bozori»da (64 000) sömdan kuzatildi.

Kartoşka 1 800 sömdan 4 000 sömgaça (kg)

Olib borilgan kuzatuv natijalariga köra, kartoşkaning minimal narxi Nukus şahrining «Nukus dehqon bozori», Toşkent şahrining «Farhod dehqon bozori»da (1 800 sömdan), maksimal narxlari esa Toşkent şahrining «Oloy dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da (4 000 söm) qayd etildi.

Piyoz 1 000 sömdan 4 000 sömgaça (kg)

Kuzatuv natijasiga köra, piyoz mahsulotining minimal narxlari Andijon şahrining «Yangi bozor dehqon bozori», «Andijon şahar markaziy dehqon bozori», Samarqand şahrining «Siyob dehqon bozori», «Damariq dehqon bozori», Yangiyöl şahrining «Ixtisoslaşgan Yangiyöl şahar dehqon bozori»da (1 000) sömdan kuzatildi. Maksimal narxlari esa Urganç şahrining «Urganç markaziy dehqon bozori»da kuzatildi (4 000 söm).

Sabzi 1 000 sömdan 4 000 sömgaça (kg)

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga köra, Nukus şahrining «Nukus dehqon bozori», Andijon şahrining «Yangi bozor dehqon bozori» va «Andijon şahar markaziy dehqon bozori», Jizzax şahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori», Navoiy şahrining «Saxovat bozori», Guliston şahrining «Guliston dehqon bozori», Yangiyöl şahrining «Ixtisoslaşgan Yangiyöl şahar dehqon bozori», Urganç şahrining «Urganç markaziy dehqon bozori», Toşkent şahrining «Farhod dehqon bozori»da (1000) sömdan qayd etilgan. Maksimal narxi esa Toşkent şahrining «Mirobod dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori»da (4 000) sömdan kuzatildi.