Sönggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda piyoz bahosi oşgani haqida xabarlar tarqaldi. Narxlarning nima uçun kötarilgani yuzasidan Qişloq xöjaligi vazirligi izoh berdi.
Vazirlikka köra, respublika böyiça 2026-yilda 1,5 million tonna piyoz yetiştiriş hisob-kitob qilingan. Bu aholining isteʼmol talabidan 400 ming tonna yoki 35 foizga köp. Jumladan, Surxondaryo viloyatida joriy yilning 9 oyida 387,1 ming tonna piyoz yetiştirilgan. Uning 120 ming tonnasi aholi isteʼmoli uçun işlatilgan, 46 ming tonnasi eksport qilingan, qolgan qismi esa respublikaning boşqa hududlariga yetkazib berilgan.
Viloyatning tuproq-iqlim şaroiti piyozni, asosan, ertaki muddatlarda, xususan, aprel–may oylarida yetiştirişga moslaşgan. Avgust–sentabr oylarida uruğdan, oktabr–noyabr oylarida esa «töqsonbosti» usulida piyoz uruği va köçati ekiladi. Şuningdek, aholi xonadonlarida qisman fevral–mart oylarida ham piyoz ekilib, avgust–sentabr oylarida hosili yiğib olinadi.
Yozgi vegetatsiya davridagi yuqori haroratning salbiy taʼsiri sababli oktabr–noyabr oylarida pişib yetiladigan keçki piyoz katta maydonlarda kam ekiladi.
Ayni paytda 2026-yil hosili uçun yetiştirilgan piyoz dalada qolmagan. Şu sababli Surxondaryo viloyati bozorlaridagi talabni qondiriş maqsadida Jizzax va Samarqand viloyatlaridan xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan piyoz olib kelinib, sotilmoqda.
Mazkur jarayonda transport-logistika xarajatlari ham mahsulotning yakuniy narxiga taʼsir körsatmoqda. Xususan, yuk avtomobillari (fura yoki «Isizu») orqali Jizzax va Samarqand viloyatlaridan Surxondaryoga 1 kilogramm yukni yetkazib beriş xarajati 350–370 sömni taşkil etadi. Masalan, 20 tonna yukni taşiş 7 million sömgaça, 10 tonna yukni taşiş esa 3,8–4 million sömgaça tuşmoqda.
Ayni vaqtda Jizzax viloyati dehqonlarida piyozning 1 kilogramm xarid narxi 2 600–3 300 sömni, Samarqand viloyatida esa 2 800–3 000 sömni taşkil etmoqda.
Transport xarajatlari qöşilganda tadbirkorlik subyektlari uçun piyozning yetkazib beriş tannarxi Jizzaxdan olib kelinganda 2 950–3 650 sömni, Samarqanddan olib kelinganda 3 150–3 350 sömni, Denov tumanigaça yetkazilganda esa 3 400–3 500 sömni taşkil etmoqda. Bugungi kunda Surxondaryo viloyati bozorlarida piyozning 1 kilogramm çakana sotuv narxi 4 000–4 500 söm atrofida şakllangan.
Tahlillarga köra, ayrim holatlarda mahsulotning xarid va yetkazib beriş tannarxi bilan bozordagi sotuv narxi örtasida sezilarli tafovut kuzatilmoqda.







