Bir qator xorijiy naşrlar va Telegram-kanallarda Ozarboyjon va Turkiya örtasida imzolangan, umumiy mudofaani közda tutuvçi Şuşa deklaratsiyasiga Özbekiston ham qöşilgani haqida xabarlar tarqaldi.

«Özbekiston tomonidan [Ozarboyjon bilan] ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi şartnomaning imzolanişi va Şuşa deklaratsiyasiga qöşilişi aynan öz mohiyatida baholanişi kerak. Bu – Ozarboyjon, Turkiya va Özbekiston örtasida harbiy ittifoq tuzilganini bildiradi. «Harbiy ittifoq» degan tuşunça esa taşqaridan tajovuz bölsa, özaro harbiy yordamni nazarda tutadi», deyiladi CBC TV'ning YouTube'dagi 1,2 million obunaçiga ega kanalida 23 may kuni ketgan reportajda.

Materialda Turkiya bugungi kunda tobora özini «turkiy dunyo»da xavfsizlik koordinatori sifatida körsatayotgani hamda harbiy sohada Markaziy Osiyo davlatlari bilan ham aloqalarni mustahkamlab borayotgani qayd etilgan.

«Turkiya, Ozarboyjon va Özbekiston örtasida harbiy ittifoq tuzilgani – bu turkiy dunyoni mustahkamlaş va Markaziy Osiyo xavfsizligini barqarorlaştiriş yölida muhim qadamdir. Yaqin kelajakda Şuşa deklaratsiyasiga boşqa turkiy davlatlarning ham qöşilişi kutilişi mumkin», deyiladi CBC TV xabarida.

Kun.uz Özbekiston Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonovdan olgan ma’lumotga köra, Özbekiston Şuşa deklaratsiyasining iştirokçisi emas.

«Özbekiston 2021 yil 15 iyun kuni Şuşa şahrida Ozarboyjon va Turkiya örtasida imzolangan «Şuşa deklaratsiyasi»ning iştirokçisi emas. Bu faqat Ozarboyjon va Turkiya örtasidagi strategik şeriklikni mustahkamlovçi ikki tomonlama hujjatdir.

Mazkur deklaratsiya doirasida Özbekistonning Turkiya va Ozarboyjon bilan har qanday mudofaa ittifoqida iştirok etayotganini tasdiqlovçi heç qanday rasmiy manba yoki dalil mavjud emas», deyiladi TIV rasmiysi Kun.uz'ga bergan izohda.

Ahror Burhonov Ozarboyjon naşrida tarqalgan xabar «haqiqatga umuman töğri kelmasligi»ni bildirdi.

Eslatib ötamiz, uşbu xabarlar tarqalgan kunlarda, xususan 19 may kuni prezident Şavkat Mirziyoyev «Özbekiston va Ozarboyjon örtasida ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi şartnomani ratifikatsiya qiliş haqida»gi qonunni imzolagan edi