Davergeodezkadastr qömitasida Yerni masofadan zondlaş ma'lumotlarini va yuqori aniqlikdagi navigatsiya tizimlarini qöllaş böyiça hamkorlikni rivojlantiriş va mustahkamlaş maqsadida Özbekiston Respublikasi yer resurslar, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi va «Milliy kompaniya «Qazaqstan Ğariş Sapari» AJ örtasida hamkorlik töğrisida memorandum imzolandi. 

Foto: Davergeodezkadastr qömitasi
Foto: Davergeodezkadastr qömitasi

Uşbu memorandum doirasida tomonlar quyidagi sohalarda hamkorlik qilişni rejalaştirmoqda:

- kosmik tadqiqot va izlanişlar, texnologiyalar va ularni tatbiq qiliş;
- geoservis va geomahsulot körinişida Yerni masofadan zondlaş natijalarini tahlil qiliş, yangilaş;
- yuqori aniqlikdagi sun'iy yöldoş joylaşişini aniqlaş tizimini yaratiş;
- yuqori va standart aniqlikda navigatsiya uskunalarini yaratiş;
- sun'iy yöldoş navigatsiya uskunalarini tekşiriş uçun laboratoriya yaratiş va hk.

Foto: Davergeodezkadastr qömitasi

Şuningdek, Memorandum doirasida tomonlar Davergeodezkadastr qömitasi mutaxassislarini dasturlarni işlab çiqiş va amalga joriy etiş, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etişga qaratilgan kosmik texnologiyalarni joriy etiş va masofaviy zondlaş tadqiqotlarini ötkaziş va rivojlantiriş yönalişlarida malaka oşiriş işlari haqida ham aytib ötildi.