Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekologiya vaziri Toshkent havosidagi PM2,5 zarralarining asosiy manbalarini sanadi
Aziz Abduhakimovning parlamentda aytishicha, Toshkent shahri havosidagi PM2,5 zarralarining 60-65 foizi AI-80 benzinida yuradigan avtotransport vositalariga, 15-20 foizi Qozog‘iston va O‘zbekistonning cho‘llangan hududlaridan uchib kelayotgan chang zarralariga, yana 20 foizi ko‘mir, mazut va sanoat korxonalari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Ekologiya vazirligi hisob-kitoblariga ko‘ra, Toshkent shahri havosidagi PM2,5ning 60-65 foizi sifati Euro-4'dan pastroq bo‘lgan yoqilg‘i, ya’ni AI-80 benzinida yuradigan mashinalardan chiqadigan zarrachalar hisobiga ko‘paygan.
Bu haqda ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov Qonunchilik palatasidagi chiqishida ma’lum qildi.
“Bundan tashqari, oxirgi yillarda yerlar degradatsiya bo‘lishi oqibatida Qozog‘iston va o‘zimizning cho‘llangan hududlardan mayda zarrachalar ko‘tarilib, Toshkent shahrida PM2,5 zarrachalarining ko‘payishiga olib keladi. Bu taxminan 15-20 foiziga to‘g‘ri keladi”, – dedi Abduhakimov.
Vazirga ko‘ra, PM2,5ning qolgan 20 foizi ko‘mir va mazut yoqish ko‘paygani va sanoat korxonalari hisobiga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, Abduhakimov yuqorida sanalgan raqamlar birgina O‘zgidromet xizmati agentligida emas, balki xalqaro tashkilotlarning hisobotlarida ham ko‘rsatilganini qo‘shimcha qildi.
Mavzuga oid
22:48 / 28.06.2026
Toshkentda “svet” o‘chishi oqibatida attraksionda qolib ketgan odamlar tushirib olindi
21:23 / 28.06.2026
Poytaxtning uch va Toshkent viloyatining bir tumani elektrsiz qoldi
19:44 / 28.06.2026
Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi
18:45 / 27.06.2026