DW xabariga köra, Volgograd viloyati maʼmuriyati Telegram orqali şaharning Krasnoarmeyskiy tumanidagi Udmurtskaya köçasida joylaşgan köp kvartirali uyda yonğin çiqqanini maʼlum qilgan.

Viloyat gubernatori Andrey Boçarov hujumni Ukraina dronlari amalga oşirganini bildirgan. Uning maʼlumotiga köra, bir kişi jabrlangan va şifoxonaga yotqizilgan.

Xabar eʼlon qilingan paytda yonğinning tarqalişi töxtatilgan, tezkor xizmatlar voqea joyida işni davom ettirayotgan bölgan.

Gubernator: nişon sanoat infratuzilmasi bölgan

Boçarovning bayonotida hujum viloyatning «sanoat infratuzilmasi»ga qaratilgani aytilgan. Biroq qaysi korxonalar zarar körganiga aniqlik kiritilmagan.

Astra Telegram kanali guvohlar tasvirlari asosida ötkazgan oçiq manbalar tahlilida yonğin şuʼlasi Volgograd neftni qayta işlaş zavodi va unga yaqin joylaşgan «Kaustik» korxonasi tomonida körinayotganini bildirgan.

Ayni paytda kanal mualliflari mavjud videolar orqali aynan nima yonayotganini aniqlaşning imkoni yöqligini qayd etgan. Şu bois mazkur korxonalardagi ehtimoliy yonğinlar haqidagi maʼlumotlar hozirça aniq tasdiqlanmagan.

Volgograd neftni qayta işlaş zavodi «Lukoyl» tarkibiga kiradi. Yiliga qariyb 14 mln tonna neftni qayta işlaş quvvatiga ega korxona Rossiya janubidagi eng yirik neft zavodlaridan biri hisoblanadi.

Astra maʼlumotiga köra, «Kaustik» esa Volgograd viloyatining yetakçi korxonalaridan bölib, fuqarolik va harbiy maqsadlarda qöllanişi mumkin bölgan asosiy kimyoviy mahsulotlarni işlab çiqaradi. Kanal bu mahsulotlarning Rossiya harbiy-sanoat majmuasi uçun muhimligini taʼkidlagan.

Samarada ham neft obyektiga hujum haqida xabarlar tarqaldi

2-oktabr tongida Astra öz tahlili asosida Rossiyadagi yana bir energetika obyekti - «Samara» neft uzatiş va dispetçerlik stansiyasiga ham hujum qilingan bölişi mumkinligini xabar qilgan.

EnergyBase portali maʼlumotlariga köra, «Transneft - Privolga» kompaniyasiga qaraşli uşbu stansiya Rossiyadagi şu turdagi eng yirik obyekt bölib, neftni taşiş va aralaştirişda muhim örin tutadi.