Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati maʼlumotiga koʻra, avariya 30-sentabr kuni soat 12:00 larda Fargʻona yoʻli koʻchasida, Fargʻona bozori qarshisidagi koʻprikning chiqish qismida yuz bergan.

1996-yilda tugʻilgan A.Y. boshqaruvidagi HOWO rusumli maxsus yuk mashinasi harakat yoʻnalishini chapga oʻzgartirishi natijasida 1992-yilda tugʻilgan K.M. boshqaruvidagi Lacetti bilan toʻqnashgan.

Shundan soʻng Lacetti haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, oʻng tomonida harakatlanayotgan Spark avtomobiliga urilgan.

Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari surishtiruv olib bormoqda.