Gap 1809-yil bahorida Italiya vitse-qiroli Yevgeniy Bogarne ştabidan general Marmonga yöllangan doneseniye haqida bormoqda. Hujjat Napoleonning Dalmatsiyadagi qömondonga fransuz va ittifoqçi qöşinlar holati haqida maʼlumot beriş topşiriği bilan boğlanmoqda.
Bu Napoleonning öz qöli bilan yozgan maktubi emas, balki uning körsatmasi asosida tayyorlangan harbiy xabar hisoblanadi.
Oddiy jumlalardan keyin 24 qator şifr kelgan
Tadqiqot uçun 1969-yilda Fransiyaning harbiy-tarixiy jurnalida bosilgan reproduksiya skanidan foydalanilgan.
Xatning birinçi qatori oddiy fransuz tilida yozilgan. Unda adresatga joriy oyning 8-, 14- va 20-sanalaridagi xatlar eslatilgan. Keyin esa raqamlar, harflar va qölyozma belgilardan iborat 24 qator şifr kelgan.
Çerçning hisob-kitobiga köra, yakuniy köçirmada 1 300 ta şifr birligi va 155 xil belgi bor.
Şifrlaş tizimida bitta harf bir neçta turli belgi bilan ifodalangan, ayrim belgilar esa butun sözlarni almaştirgan. Şu sababli eng köp takrorlangan belgini topişning özi xatni öqiş uçun yetarli bölmagan.
Sunʼiy intellekt qanday işlagan?
Tadqiqotda kriptografiya tarixçisi Daniel Tantning avvaldan mavjud, ammo töliq bölmagan şifr jadvali boşlanğiç asos sifatida işlatilgan.
Qolgan mosliklarni topişda model ehtimoliy öqilişlarni fransuz tili bilan soliştirgan. Bahsli belgilarni tekşiriş uçun esa qölyozma tasviriga qayta murojaat qilgan.
Şifr kaliti variantlarini qidirişda «imitatsion toblaş» deb ataluvçi optimallaştiriş usuli qöllangan. U turli kalitlarni sinab, hosil bölayotgan matnning qançalik töğri öqilişini baholaşga yordam beradi.
Bunday usullar zamonaviy til modellaridan oldin ham mavjud bölgan. Bu işning öziga xos jihati - qölyozmani taniş, tarixiy manbalarni izlaş va dasturlaş vazifalari bir jarayonda birlaştirilganidir.
Xatning sanasiga ham aniqlik kiritilgan
Cryptiana tarixiy şifrlar katalogida hujjat uzoq vaqt 1807-yilga tegişli deb körsatilgan. Çerç esa uni 1809-yilga sanalaşni taklif qilgan.

















