AQShda ovoz berish yakunlandi. Qator shtatlarda natijalar yaqin orada e'lon qilinmaydi
AQShda prezidentlik saylovlari kuni rasman yakunlandi, Alyaska shtatida ham saylov uchastkasi yopildi.

Amerikaning Viskonsin, Michigan va Pensilvaniya shtatlari saylov uchastkalari yopilishi bilan natijalarni e'lon qilishni rejalashtirmayapti. Bu haqda rasmiylarning ma'lumotlariga asoslangan holda voqea joyidan The Guardian xabar bergan.
OAV prognozlariga ko‘ra, Viskonsinda (10 saylovchi) amaldagi prezident Donald Tramp ustunlik qilmoqda. Saylov arafasida bu shtatda natijani oldindan taxmin qilish qiyin edi.
Tramp demokrat raqibi Jo Baydenni Michiganda ham (16 saylovchi) ortda qoldirmoqda, bu hududda ham natijalar jumagacha e'lon qilinmaydi. Pensilvaniya (20 saylovchi) natijalar e'lon qilinishi muddatini ma'lum qilmagan.
Tramp saylov arafasida jurnalistlarga saylov natijasi seshanba kuni kechqurun (Toshkent vaqti bilan chorshanba kuni kunduzi) e'lon qilinishi haqida gapirgandi.
«O‘ylaymanki, siz natijalarni bugunoq bilishingiz mumkin, bu g‘alabamiz qanchalik ishonchli bo‘lishiga bog‘liq. O‘ylaymanki, barchasini kechqurun bilib olasiz», degandi Tramp.
U buning uchun «ko‘p kun, hatto bir hafta sarflash shart emasligi, «butun dunyo, barcha mamlakatlar natijalarni kutishi» haqida aytib o‘tgandi.
Kuzatuvchilarning qayd etishicha, bu yilgi saylovlarda natijalarni hisoblash uchun bir necha kun yoki bir hafta ketishi ham mumkin, koronavirus pandemiyasi tufayli ovozlarning katta qismi pochta orqali yuborilgan, bunday byulletenlarni qabul qilib olish va hisoblab chiqish uchun esa ko‘p vaqt talab etiladi.
Ayrim shtatlarda bunday tizim avvaldan bor va ovozlarni hisoblashni saylov kunidan ancha oldin boshlangan, shu tufayli bu shtatlar natijalarni tez e'lon qilmoqda. Ammo qator shtatlar bunday tizimni shu yildan joriy qildi, bu shtatlardagi qonunchilikka ko‘ra esa byulletenlarni saylov kuniga qadar hisoblashni man etadi.
Hozirdan saylov natijasida hal qiluvchi o‘ringa ega bir qator shtatlar, masalan Shimoliy Karolina va Pensilvaniyada ovozlarni hisoblashga bir necha kun ketishi ma'lum bo‘lgan.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 2016 yilda ovozlarini Trampga bergan Arizona shtati (11 ovoz) bu safar demokratlar nomzodini qo‘llab-quvvatladi.
Dastlabki natijalar va prognozlar
Tramp Kentukki (8 ovoz), Indiana (11 ovoz), G‘arbiy Virjiniya (5 ovoz), Tennessi (11 ovoz), Arkanzas (6 ovoz), Janubiy Dakota (3 ovoz), Shimoliy Dakota (3 ovoz), Janubiy Karolina (9 ovoz), Alabama (9 ovoz), Yuta (6 ovoz), Missuri (10 ovoz), Nebraska (5tadan 4ta ovoz ), Missisipi (6 ovoz), Vayoming (3 ovoz), Ohayo (18 ovoz), Oklahoma (7 ovoz), Ayova (6 ovoz), Texas (38 ovoz), Montana (3 ovoz), Aydaho (4 ovoz), Kanzas (6), Luiziana (8 ovoz) va Floridada (29 ovoz) shtatlarida ustun kelmoqda. Natija: 213 ovoz.Bayden Virjiniyada (13 ovoz), Massachusets (11 ovoz), Delaver (3 ovoz), Merilend (10 ovoz), Kolumbiya okrugida (3 ovoz), Konnektikut (7 ovoz), Nyu-Jyersi (14 ovoz), Kolorado (9 ovoz), Nyu-Hempshir (4 ovoz), Illinoys (20 ovoz), Nebraska (5tadan 1ta ovoz), Kaliforniya (55 ovoz), Oregon (7 ovoz), Vashington (12 ovoz), Nyu-Mexiko (5 ovoz), Havayi (4 ovoz), Nyu-York (29 ovoz), Vermont (3 ovoz) va Minnesotada (10 ovoz) g‘olib bo‘lgan. Natija: 220 ovoz.
Ikki nomzod ham o‘z g‘alabasi haqida ishonch bilan gapirmoqda.
«Bu qadar ko‘p odam saylovda qatnashayotgani biz o‘z g‘oyalarimizga ishontira olganimizdan dalolat. Biz g‘alaba yo‘lidamiz va yo‘l hali davom etmoqda. Bu tun juda uzun bo‘ladi. Hozir men ham, Tramp ham g‘alaba haqida gapira olmaymiz», dedi Bayden o‘z rafiqasi bilan chiqish qilib.
Donald Tramp AQSh prezidentligi saylovini «o‘g‘irlashga urinish» haqida gapirdi.
«Biz balandga ko‘tarildik, ammo ular saylovdagi g‘alabamizni tortib olishga urinmoqda. Biz bunga hech qachon yo‘l qo‘ymaymiz», dedi Tramp.
Twitter bu xabarni retvit qilish va unga javob yozish imkoniyatini o‘chirib qo‘ydi. Keyinroq esa uning xabarini umuman o‘chirib tashladi, so‘ng yana joyiga qaytardi, keyin esa yana o‘chirdi.
«Bu tvit bahsli kontentdan iborat bo‘lib, u saylovlarda yoki boshqa fuqarolar tadbirlarida qay tarzda ishtirok etish mumkinligi borasida yanglish fikrlar uyg‘otishi mumkin», deya o‘z xatti-harakatini izohladi Twitter.
Fox News’ning so‘nggi prognozlariga ko‘ra, Bayden hozirgacha 237 ovozga, Tramp esa 210 ovozga ega bo‘lgan. The New York Times Baydenga 213 ovoz, Trampga — 174 ovoz hisoblagan. CNN esa — Bayden foydasiga 215 ga 171 nisbatini bergan.
Saylovda g‘olib chiqish uchun 270 ovoz talab etiladi.
Associated Press’ning hisob-kitoblari esa quyidagicha:
Tavsiya etamiz
AQShning Kiyevga harbiy yordami to‘xtatilishi - bu ukrain armiyasi uchun nimani anglatadi?
Jahon | 18:17 / 06.03.2025
WizzAir O‘zbekistonga amalga oshiradigan reyslarida o‘zbek tilida ham xizmat ko‘rsatadi
O‘zbekiston | 14:01 / 06.03.2025
Merkelning azaliy raqibi. Shols o‘rniga Germaniya kansleri bo‘ladigan Fridrix Mers haqida nimalar ma’lum?
Jahon | 21:04 / 05.03.2025
Xushlanmagan Temu: O‘zbekiston uni bloklashga qaror qildi
O‘zbekiston | 19:20 / 05.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Uning o‘rnida har kim ham shu ishni qilgan bo‘lardi» - Tramp Ukrainani bombardimon qilayotgan Putin haqida
Jahon | 01:44
-
Boyligi 100 mln dollardan ortiq odamlar soni ilk bor 100 ming kishidan oshdi
Iqtisodiyot | 00:30
-
7 mart yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 00:19
-
AQShda qo‘lgan olingan shaxs «Krokus»dagi teraktga aloqador ekanini tan oldi
Jahon | 23:45 / 07.03.2025
Mavzuga oid

10:38 / 24.02.2025
Germaniyada parlament saylovlari. Konservativlar birinchi o‘rinni egalladi

17:19 / 08.02.2025
Tramp Baydenning maxfiy ma’lumotlardan foydalanish huquqini bekor qildi

23:33 / 03.02.2025
Reuters: Oq uy Bayden prezidentligining oxirgi yilida Ukrainaga qurol yetkazib berishni kechiktirgan

17:39 / 28.01.2025