Dunyoda 2024 yil davomida boyligi 10 million dollardan ortiq insonlar soni 4,4 foizga oşib, 2,34 million kişiga yetdi. Bu haqda Knight Frank kompaniyasining Wealth Report hisobotida söz boradi.

Multimillionerlar sonining eng katta ösişi Şimoliy Amerikada qayd etilgan — 5,2 foiz. AQŞda hozirda boyligi 10 million dollardan oşadigan dunyodagi barça insonlarning qariyb 40 foizi istiqomat qiladi — bu Xitoydan ikki barobar köp demak.

Şu bilan birga, hujjatda qayd etilişiça, boyligi 100 million dollardan ortiq insonlar soni ilk bor 100 ming kişidan oşgan. Hisobotga köra, dunyoda dollardagi milliarderlar soni 8 foizga oşib, yangi rekord örnatgan. Ötgan bir yil içida dunyoda yangi 204 nafar milliarder paydo bölgan.

Fevral oyida The Wall Street Journal Altrata tahliliy kompaniyasining supermilliarderlar reytingini e’lon qilgandi. Röyxatdan boyligi 50 milliard dollardan oşadigan 24 kişi örin olgan. Ularning umumiy kapitali 3,3 trillion dollarga baholangan bölib, bu Fransiya YaIMga teng.

Eslatib ötamiz, ötgan yilning dekabrida The Guardian amerikalik tadbirkor Ilon Mask 2027 yilga borib dunyodagi birinçi dollardagi trillionerga aylanişi mumkinligi haqida yozgandi.