Prezident 8 mart munosabati bilan xotin-qizlarni tabrikladi
Prezident Şavkat Mirziyoyev 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Özbekiston ayollarini tabrikladi. U xotin-qizlarni «zamonamizning haqiqiy qahramonlari» deb atab, ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş davlat siyosatida ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi.
Davlat rahbari ayollarning davlat boşqaruvidagi iştiroki ortganini, ularning ta’lim oliş imkoniyatlari kengayganini qayd etdi.
Prezident qöşimça ravişda xotin-qizlarni iş bilan ta’minlaş, ularning tadbirkorlik imkoniyatlarini oşiriş böyiça yangi taşabbuslarni e’lon qildi.
Prezident ayollarning ta’lim olişi, tadbirkorlik bilan şuğullanişi va jamiyatdagi faoliyatini qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlarni sanab ötdi. Jumladan, joriy yilda 250 ming nafar qiz oliy ta’limga qamrab olinadi, 2 million xotin-qizning bandligi ta’minlanadi.
«Sizlarni qöllab-quvvatlaşdan heç qaçon çarçamaymiz», — dedi Mirziyoyev va mamlakat ayollariga farovonlik, baxt va muvaffaqiyatlar tiladi.
Xitoyliklarga yer sotilayotgani rad etildi
Kadastr agentligi Toşkentda xitoyliklarga yer sotilayotgani haqidagi miş-mişlarni rad etdi. Rasmiy bayonotda Özbekiston qonunçiligiga köra, çet elliklar yerni faqat ijaraga olişi mumkinligi ta’kidlandi. Agentlik jamoatçilikni asoslanmagan ma’lumotlarga işonmaslikka çaqirib, yer xususiylaştirilişi mumkin emasligini bildirdi.
Toşkentda xitoy tilidagi bannerlar köpayişi va Xitoy kompaniyalari soni oşişi ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab böldi. Iqtisodçi Otabek Bakirov bu borada qöşimça çeklovlar joriy etiş zarurligini bildirib, çet el investorlari iştirokidagi kompaniyalar uluşining kamida 51 foizi mahalliy fuqarolarga tegişli bölişi kerakligini ta’kidladi.
Kadastr agentligi notöğri ma’lumotlar tarqatgan şaxslarga nisbatan ma’muriy va jinoiy javobgarlik borligini eslatib, fuqarolarni vahimaga tuşmaslikka çaqirdi.
Yerni ijaraga oliş narxini aniqlaş tartibi özgardi






