AQŞning sobiq prezidenti Jo Bayden ma’muriyati RF prezidenti Vladimir Putinni öldirişga uringan. Bu haqda jurnalist Taker Karlson Mett Taybbi bilan suhbatda ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, AQŞning sobiq davlat kotibi Entoni Blinken «haqiqiy uruş»ni yoqlab çiqqan, Bayden ma’muriyati esa Rossiya prezidentini öldirişga uringan.

Jurnalist uşbu rejalarni «telbalik» deb atagan va bunday holatda Rossiya hamda uning yadroviy arsenalini «kim nozorat qilardi?» degan savolni örtaga taşlagan. Karlson öz sözlarini tasdiqlovçi biror-bir dalil keltirmagan.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov amerikalik jurnalistning sözlariga munosabat bildirdi. «Rossiya maxsus xizmatlari doimiy ravişda jamoatçilik xavfsizligi va davlat himoyasi ostida bölgan şaxslar, birinçi navbatda davlat rahbarining xavfsizligini ta’minlaş maqsadida barça zarur çoralarni körib keladi», — deydi Peskov.

Eslatib ötamiz, amerikalik maşhur teleboşlovçi Taker Karlson 2024 yil 9 fevralga ötar keçasi öz saytida va Tvitterda Rossiya prezidenti Putin bilan 2 soatlik intervyusini e’lon qilgandi. Bu intervyu uçun Karlson bir neça kun oldin Moskvaga uçib kelgan.

Suhbatdan avval Karlson amerikaliklar Ukrainadagi uruş haqida töliq tuşunçaga ega bölişi uçun Putinga ötkir savollar berişini aytgandi. Ammo Karlson intervyu davomida rossiyalik suhbatdoşiga noqulay savollar bera olmadi. Masalan, u Mariupol va Buçadagi harbiy jinoyatlar yoki Aleksey Navalniy haqida söramagan.