Oddiy yaşaş degani bu – joyni har qanday jismoniy va ruhiy «çiqindilardan» böşatiş va öta samaradorlik hamda iste'mol qilişning yuqori darajasi sizni baxtli kişiga aylantirmasligini tuşuniş. Oddiy yaşaş degani oddiy narsalardan huzur olişni anglatadi: yolğizlik, sukunatdan zavqlanib, hayotning har bir lahzasining qadriga yetiş.
Maşhur bloger va kitoblar muallifi Leo Babauta kattalar hayotida öz yölingizni boşlaşga yordam beradigan sakkizta maslahat beradi.

1.Yodingizda bölsin: har qanday kuraş miyangizdan boşlanadi
Biror narsani ololmaganlik sabab zöriqiş va hafsalaning pir bölişi, şoşqaloqlik va işga kömilganlik bularning bari – muvaffaqiyat, odam, buyum, mavqe kabi narsalarga tobelik sabab miyangizda tuğiladi. Öz tobeligingizni “qöyib yuboring”. Ana öşanda heç narsa sizni xafa qilib, tuşkunlikka tuşirmaydi.
2. Tobe bölgan narsalaringizni kuzating
Agar ularni «qöyib yubormasangiz», hayot osonlaşib qolmaydi. Agar eski yodgorliklarga boğliqlik sabab uyingizni çiqindilardan tozalay olmasangiz, doimiy faollik va yozişmalarga tobe bölsangiz, informatsion yuk va çarçoq sizga xavf soladi.
Tobeligingizni oşiradigan narsalar va nimadan xalos böla olmayotganingizni kuzating. U xoh buyum, xoh odam yoki iş bölsin, ulardan xalos bölmasangiz, erkinlikka erişmaysiz. Hayot esa doim murakkab böladi.

3. Çalğiş odatidan xalos böling
Biz doimiy ravişda çalğiş, darslarni bölib, özimizni juda band deb his etişga könikkanmiz. Biror kişi bilan suhbatlaşayotganda messenjerdagi xabarlarga çalğiymiz.
Bu xarakter yoki miyaning öziga xosligi emas, balki yomon odat ekanini tuşuniş kerak. Agar qattiq harakat qilinsa, undan xalos böliş mumkin.
4. Hayotni töliq ekran rejimida ötkazing
Tasavvur qiling, sizning har qanday işingiz – email’ga javob, idiş yuviş yoki mutolaa – katta ekranda namoyiş etilmoqda. Faqat şu vazifa bor. Siz undan boşqa heç narsani körmaysiz. Agar har bir işni töliq ekranda namoyiş etsangiz, hayotdagi zöriqişlar kamayadi.








