Qarşidagi sobiq «Ehtiyot qismlar bozori» haqiqiy egasiga qaytarilmayapti: 14 yillik sarsongarçilik qaçon barham topadi?
|15:59 / 13.02.202025 71814 min
Qaşqadaryo viloyati markazida oilaviy tadbirkorlar özlari qurgan mulkka egalik qila olişmayapti. Bu haqda Qaşqadaryoda minglab işçi örinlar yaratgan tadbirkor ön aka-uka Safarovlar oilasi nomidan işonçli vakil Çori Safarov tahririyatga murojaat qildi.
Ma'lum bölişiça, Safarovlar oilasiga tegişli mulk sud qarorlariga asosan şu joyda ijarada turgan davlat uluşiga ega taşkilot Qarşi şahar — «Ixtisoslaştirilgan avtomobillar bozori» MÇJga noqonuniy tarzda olib berilgan. Mulk egasi bölmiş Safarovlar esa 13 yildirki uni qayta qölga kirita olmasdan sarson bölişmoqda.
Keling, hammasiga bir boşidan oydinlik kiritamiz.
2001 yil 12 yanvarda Qarşi şahar hokimi Yu.Qarayevning qarori bilan şaharning Jayxun köçasidan «Çori-S» firmasiga (rahbari — Safarov Çori Beğamoviç) «Quriliş materiallari bozori»ni loyihalaştirib quriş uçun 3,8 gektar yer ajratiladi.
Çori Safarov öziga ajratib berilgan yerda quriliş materiallari sotişga ixtisoslaşgan bozor qurilişini boşlaydi va u töliq bitmasdan, 2001 yilning 16 iyul kuni notarius orqali akasi Erkin Safarovga №848-sonli hadya şartnomasi orqali hadya qiladi.
Erkin Safarov bozorni töliq qurib bitkazadi va quriliş materiallari sotişga möljallangan bozorni avtomobillarga ehtiyot qismlar sotiş uçun moslaştiradi. Söngra 2004 yil 15 apreldagi oldi-sotdi şartnomasiga köra, Erkin Safarov ehtiyot qismlar (quriliş materiallari) bozorini ukasi Safarov Tölqinga sotadi. 2004 yilda bozorga muddatli foydalaniş huquqi bilan kadastr hujjatlari rasmiylaştiriladi.
2004 yilda imzolangan ijara şartnomasiga köra, Qarşi şahridagi «Ixtisoslaştirilgan avtomobillar bozori» MÇJ Tölqin Safarovga tegişli «Anvar-Osiyo» xususiy korxonasi bilan ijara şartnomasi imzolaydi va oyiga 300 ming söm ijara haqi evaziga, Qarşi şahri Jayxun köçasida joylaşgan «Ehtiyot qismlar bozori»ning bino va inşootlaridan foydalana boşlaydi.
Şu örinda bir oydinlik: «Ixtisoslaştirilgan avtomobil bozori» MÇJ qanday taşkilot edi? U 2003 yil 2 dekabrda taşkil topgan bölib, ustav jamğarmasining 51 foizi (1 mln 387 ming 200 söm) Qarşi şahar hokimligiga tegişli, 49 foizi esa (1 mln 332 ming 800 söm) Safarov Erkin Beğamoviç tomonidan
Mavzuga oid
naqd pul
kiritiş evaziga şakllantirilgan. Yuridik manzili: Qarşi şahri, «Özbekiston ovozi» köçasi, 2-uy.
Bozor bino-inşootlaridan foydalangani uçun «Ixtisoslaştirilgan avtomobillar bozori» MÇJ T.Safarovga tegişli xususiy korxonaga 2004 yil apreldan 2006 yilning aprelgaça ijara haqini oyma-oy tölab borgan.
2006 yil aprelda aka-uka tadbirkorlar Safarovlarga nisbatan tergov işlari olib boriladi va öz özidan, «Ixtisoslaştirilgan avtomobillar bozori» MÇJ direktori ham özgaradi. Şu oydan «Ehtiyot qismlari bozori» egasi T.Safarovga bozor uçun ijara haqi tölaş töxatiladi.
Boz ustiga, garçi vakolati bölmasa-da, Qarşi şahar hokimligi birovning nomida turgan mulkni tortib oliş uçun fuqarolik sudiga da'vo arizasi kiritadi.
Işni örganib çiqqan Fuqarolik işlari böyiça Qarşi tumanlararo sudi 2007 yil 10 iyulda hal qiluv qarori çiqaradi va unga köra:
2. 2004 yil 15 aprelda Safarov Erkin va Safarov Tölqin örtasida tuzilgan oldi-sotdi şartnomasi haqiqiy emas deb topiladi va taraflar dastlabki holatga keltiriladi. Ya'ni, köçmas mulk Safarov Erkinga qaytariladi.
3. «Ehtiyot qismlari» bozori nomini «Ixtisoslaştirilgan avtomobillar bozori» nomi bilan qayta kadastr hujjatlari tayyorlaş majburiyati yuklanadi.
Ya'ni, sud qarorida faqat bozor nomini «Ixtisoslaştirilgan avtomobillar bozori» deb özgartiriş aytilmoqda, lekin uni xuddi şu nomdagi «Ixtisoslaştirilgan avtomobillar bozori» MÇJga ötkazib beriş haqida biror gap bölmagan. Keyingi hujjatlarda esa aynan şunday talqin qilinmoqda.
Yuqorida sud hal qiluv qarorida köçmas mulk Erkin Safarovga qaytarilişi kerakligini belgilangani aytildi.
Biroq, sudning bu hal qiluv qarorini notöğri talqin qilib, bozor bino va inşootlari Qarşi şahrining mutlaqo boşqa manzilida asos solingan «Ixtisoslaştirilgan avtomobillar bozori» MÇJga 2013 yilda rasmiylaştirib berilgan.
Holbuki, 2007-2013 yillar mobaynida Erkin Safarovning rafiqasi M.Yöldoşeva bir neça bor Kadastr davlat qömitasi va Qaşqadaryo viloyat Yer resurslari va davlat kadastri boşqarmasi, viloyat Yer tuziş va köçmas mulk kadastri xizmati DUK idorasiga mulkni qayta rasmiylaştirişni sörab murojaat qiladi. Biroq, davlat idoralari tomonidan E.Safarovning özi pasporti bilan kelib, qurilişi tugallangan «Ixtisoslaştirilgan avtomobillar bozori»ni foydalanişga qabul qiliş dalolatnomasini imzolab, uşbu dalolatnomani tasdiqlaş töğrisidagi Qarşi şahar hokimligining qarorini taqdim etişi kerak, deb javob beriladi.
Erkin Safarov esa ta'qibda edi…
Yuqorida ta'kidlanganidek, 2013 yil 11 iyunda Jayxun köçasida joylaşgan «Ixtisoslaştirilgan avtomobillar bozori» şu nomdagi köçmas mulkda ijarada turib kelgan MÇJga rasmiylaştirib beriladi.
Rasmiylaştiriş uçun esa öşa FIB Qarşi tumanlararo sudining 2007 yil 10 iyuldagi hal qiluv qarori va Özbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasining 2013 yil 24 maydagi №02-03-1311 sonli xati huquqiy asos bölgan.
Davlat kadastri davlat qömitasining №02-03-1311 sonli xatda nima yozilganiga e'tibor qaratamiz.
Unda Özbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi raisining birinçi örinbosari T.Abdullayev Qaşqadaryo viloyat «Yermulkkadastr» xizmati DUK boşliği O‘.Abdurahmonovga buyuryapti:
Erkin Safarov «Ixtisoslaştirilgan avtomobil bozori» MÇJga bozorni rasmiylaştirmasdan, uni ukasi T.Safarovga sotib yuborgan emiş. FIB Qarşi tumanlararo sudining 10.07.2007 yil qaroriga köra, öşa oldi-sotdi şartnomasi haqiqiy emas, deb topilgan ekan va bozor nomi «Ixtisoslaştirilgan avtomobil bozori» deb özgartirilişi közda tutilgan ekan. Şulardan kelib çiqib, sud qarori ijrosini ta'minlaş uçun obekt «Ixtisoslaştirilgan avtomobillar bozori» MÇJga rasmiylaştirib berilişi kerak. Qoyil!
Oradan 5 yil ötgaç, xuddi şu rahbar Ç.Safarovga yöllagan 2018 yil 23 yanvar kungi xatida şunday deyilgan:
Qaşqadaryo viloyati «Yermulkkadastr» davlat korxonasining murojaatiga asosan qömitaning 24.05.2013 yildagi 02-03-1311-sonli javob xatida FIB Qarşi tumanlararo sudining 10.07.2007 yildagi hal qiluv qarori ijrosini ta'minlaş uçun mazkur obektni «Ixtisoslaştirilgan avtomobillar bozori» MÇJ nomiga belgilangan tartibda davlat röyxatidan ötkazib beriş lozimligi haqidagi xulosaga holatlar töliq örganib körilmasligi tufayli vujudga kelgani va mazkur xat öz kuçini yöqotgan, deb topilgani, obektni davlat röyxatidan ötkaziş qayta körib çiqilib, belgilangan tartibda çoralar körilişi haqida körsatma berilgani haqida bayon qilingan.
Demak, bozorni MÇJga rasmiylaştirib beriş uçun asos bölgan ikkinçi hujjat ham yöqqa çiqdi. FIB Qarşi tumanlararo sudining 10.07.2007 yildagi hal qiluvi qaroriga köra bozor E.Safarovniki, unga 10.07.2007 yildagi FIB Qarşi tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga asosan rasmiylaştirib berilişi kerak.
Şularni hisobga olib, Safarovlar oilasi a'zolari sud tomonidan belgilangan jazoni ötab bölgaç, hamda ularga nisbatan ta'qib tugagaç, 2016 yilda biz örganayotgan obektdan 10.07.2007 yildagi FIB Qarşi tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga asosan «Ixtisoslaştirilgan avtomobillar bozori» MÇJni köçmas mulkdan majburiy tartibda çiqarişni sörab, FIB Qarşi tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritadi.
Raislik qiluvçi Q.Boymurodov raisligida ötgan Qarşidagi sud masalani xolis hal qiliş örniga, da'vogarning da'vo talablari böyiça da'vo qiliş muddati ötgan deb topadi.
FIB Qaşqadaryo viloyat sudining apellyatsiya instansiyasida ham E.Safarovning da'vo talablari rad etilgan.
Safarovlar oilasi yugur-yugurni kuçaytirgaç, iş Oliy sudgaça yetib boradi. Lekin Oliy sud sudyalari ham körinib turgan faktni tan olmasdan, hujjatlarda çalkaşliklarga yöl qöyayotganiga nima deysiz?
Özbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik işlari böyiça sudlov hay'atining 2017 yil 12 sentyabridagi ajrimida şu sudlov hay'atining 2017 yil 30 maydagi ajrimi asoslantiruvçi qismining 12-xatboşisida «Quriliş materiallari bozori» nomini «Ixtisoslaştirilgan avtomobillar bozori» MÇJ deb nomlab, davlat röyxatidan ötkaziş majburiyati yuklatilgani notöğri körsatilgani, ya'ni sudning yuqorida qayd etilgan «Ixtisoslaştirilgan avtomobillar bozori» jumlasi örniga «Ixtisoslaştirilgan avtomobillar bozori» MÇJ deb jumla notöğri yozib ketilgani aks etgan.
Ajrim qismida 12-xatboşi «Quriliş materiallari bozori» nomini «Ixtisoslaştirilgan avtomobillar bozori» MÇJ deb nomlab», degan jumlalar «Quriliş materiallari bozori» nomini «Ixtisoslaştirilgan avtomobillar bozori» deb nomlab», deb tuzatiş kiritilişi va öqilişi körsatilgan.
Biroq bu ajrim ijro uçun qabul qilinmaydi. Bu orada Çori Safarov bir neça marta Oliy sudga qatnaydi. 2018-2019 yillar davomida Oliy sud unga «2018 yil 17 apreldagi ajrimda batafsil javob berilgani» haqida xatlar bilan javob qaytaradi. Bir yil davomida berilgan javob xatlarida körsatilgan Oliy sudning 2018 yil 17 apreldagi ajrimi aslida bölmaganini tan oluvçi Oliy sudning 2019 yil 25 mart kunidagi 12-522-18 sonli javob xati Çori Safarovga ma'lumot uçun yuboriladi.
Axir bu nimasi?! Nega Oliy sud fuqaro Ç.Safarovga aslida mavjud bölmagan ajrimni rökaç qilib javoblar beradi?
Şundan söng Oliy sud tomonidan Ç.Safarovga 2019 yil 29 mart kuni 45569-xq/19-sonli javob xati yuboriladi va unga Oliy sudning 2018 yil 21 sentyabrdagi FIB Qarşi tumanlararo sudining 08.07.2016 yildagi hal qiluv qarorini bekor qiliş böyiça asos mavjud emas, degan mazmundagi ajrimi ilova qilinadi.
Oliy sud özining 2017 yil 12 sentyabrdagi ajrimida 10.07.2007 yildagi FIB Qarşi tumanlararo sudining hal qiluv qarorida MÇJ degan jumla yöqligini körsatib ötgan bölsa-da, oradan bir yil ötib — 2018 yil 21 sentyabrdagi ajrimida 10.07.2007 yildagi FIB Qarşi tumanlararo sudining hal qiluv qarorida aslida yozilmagan savdo kompleksi MÇJ degan jumlani bor deb körsatgan. Oliy sudning öz ajrimlarini bir-biriga zid çiqarişi zamirida nima yotibdi?
Çori Safarov bu orada 5 marta Oliy sud raisi K.Komilov, şunça marta uning örinbosarining şaxsiy va sayyor qabullarida böladi. Oliy sud mas'ullari masalani tinglab, çindan ham ajrimda xatoga yöl qöyilganini oğzaki tan olsa-da, FIB Qarşi tumanlararo sudining 08.07.2016 yildagi hal qiluv qarorini bekor qiliş böyiça heç qanday çora körmasdan tadbirkor Ç.Safarov murojaatlariga mantiqan töğri kelmaydigan, biri ikkinçisini inkor etuvçi javob xatlari berib kelgan.
Bu orada Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentning Qarşi şahar bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda Qarşi şahar «Ixtisoslaştirilgan avtomobillar bozori» MÇJ rahbari B.A. va boşqalar 2015–2018 yillar va 2019 yilning 10 oyi davomida bozorda faoliyat yurituvçi xöjalik yurituvçi sub'yektlardan undirilgan 3,5 milliard söm ijara tölovlarining 1,3 milliard sömini özlarining şaxsiy manfaatlari yölida işlatib, talon-toroj qilgani aniqlanadi.
Mazkur holat yuzasidan B.A. va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilayotgani xabar qilindi.
Qaşqadaryo viloyat davlat soliq boşqarmasi Ç.Safarovga bergan ma'lumotlarga köra, 400dan ziyod savdo nuqtasi bölgan «Ixtisoslaştirilgan avtomobillar bozori» MÇJda 2015 yilda bor-yöği 8 nafar tadbirkordan 31,2 mln, 2016 yilda 13 tadbirkordan 38,4 mln, 2017 yilda 21 tadbirkordan 106,7 mln, 2018 yilda 21 tadbirkordan 127,8 mln, 2019 yilda 139 tadbirkordan 676,5 mln söm ijara haqi undirilgan.
Tadbirkor Ç.Safarov 2019 yil dekabr oyida Özbekiston Respublikasi boş prokurori N.Yöldoşovning Qaşqadaryoda ötkazgan sayyor qabulida bölib, minglab işçi örinlari yaratgan 10 aka-ukadan iborat bölgan tadbirkor Safarovlar oilasini uy-joylari va xususiy mulklari qonunbuzarlar tomonidan noqonuniy egallab olingani böyiça murojaat qilib, tadbirkorlar oilasiga tegişli xususiy mol-mulklar qonun doirasida olib berilişi va qonunbuzarlarga nisbatan qonuniy çora körilişini söraydi.
Bugungi kunda Qaşqadaryo viloyat prokuraturasi tomonidan tadbirkor Safarovlar oilasi murojaatlari böyiça tergov va suriştiruv işlari olib borilmoqda. Safarovlar oilasini qiziqtirayotgan masala nima sababdan FIB Qarşi tumanlararo sudining 10.07.2007 yildagi hal qiluv qarori Oliy sud va FIB Qaşqadaryo viloyat hamda FIB Qarşi tumanlararo sudlari tomonidan notöğri talqin qilinayotganidir.
Nega endi ustav fondida nazorat paketi Qarşi şahar hokimligiga qaraşli bölgan MÇJga birovning nomidagi mulk tortib olib berilişi kerak? Bu mulk uçun heç qanday kompensatsiya va boşqa tölovlar tölanmasdan? Xöş, Qaşqadaryodagi bu işlarning zamirida kimlarning manfaatlari yotibdi? Bu boradagi kuzatuvlarni davom ettiramiz.