Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi joriy yil yanvar oyi yakunlari böyiça Özbekiston birlamçi avtomobil bozorining dinamikasi va hududiy tuzilmasiga oid yangilangan tahlilni taqdim etdi. Tahlilda bozor segmentlaridagi özgarişlar, jumladan elektromobillar bozoridagi tendensiyalar ham qamrab olingan.

Markaz ma’lumotlariga köra, yanvar oyida mahalliy işlab çiqarilgan va import qilingan yangi yengil avtomobillar savdosi ötgan yilning mos davriga nisbatan 7,2 foizga ösib, 28,6 ming donani taşkil etdi. Hududlar kesimida eng yuqori bozor faolligi Buxoro, Qaşqadaryo, Farğona va Surxondaryo viloyatlarida qayd etildi. Şu bilan birga, yangi yengil avtomobillar sotuvi Samarqand va Xorazm viloyatlarida, şuningdek Toşkent şahrida kamaygan.

Segmentlar böyiça tahlilda mahalliy işlab çiqarilgan yangi avtomobillar savdosi ötgan yil yanvar oyiga nisbatan 11 foizdan ortiq ösib, 24 ming dondan ziyodni taşkil etgani ta’kidlandi. Ayni paytda xorijiy işlab çiqarilgan yangi avtomobillar realizatsiyasi qariyb 4,4 ming donani taşkil etib, ötgan yil yanvar oyiga nisbatan 10 foizga kamaygan.

Elektromobillar segmenti esa bozor ösişining asosiy drayveriga aylangani qayd etildi. Yanvar oyida elektromobillar savdosi 9 foizga oşib, 6,1 ming donani taşkil etdi. Hududiy kesimda sotuvlarning asosiy qismi Toşkent şahri hissasiga töğri kelib, poytaxtda 3,7 mingta elektromobil sotilgan — bu jami hajmning 62 foizdan ortiğini taşkil qiladi.

Keyingi örinlarda Samarqand (3,5 barobar), Namangan (2,4 barobar), Surxondaryo (5 barobar) hamda Xorazm (3 barobar) viloyatlarida elektromobil savdosi sezilarli ösgan. Şuningdek, elektromobillarning birlamçi bozori rekord darajada 45,3 foizga ösib, 4,7 mingta elektromobilni taşkil etgani ma’lum qilindi.