O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyev 30 aprel kuni joriy o‘quv yilini sifatli yakunlash, bitiruv va kirish imtihonlarini tashkil etish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilish davomida joriy o‘quv yilini sifatli yakunlash, xorijiy davlatlar tajribasi va bugungi vaziyatdan kelib chiqib, oliy o‘quv yurtlarida bitiruv imtihonlarini onlayn shaklda o‘tkazish, o‘quv yuklamalarni va dasturlarni qayta ko‘rib chiqish, oliy o‘quv yurtlarida amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga e'tiborni kuchaytirish, bosqichma-bosqich masofaviy shaklda pedagoglar malakasini oshirish, dars mashg‘ulotlarini masofadan kuzatish kabi masalalarga alohida urg‘u berildi.

Albatta, hozirda davom etayotgan masofaviy ta'lim berish jarayoni katta tajriba maktabi bo‘ldi. Biz ta'lim sohasida yana bir asosiy masofadan ta'lim berish va olish pog‘onasini zabt etdik.

Bitirish qanday bo‘ladi?

2019-2020 o‘quv yilida Samarqand davlat chet tillar institutida bakalavr ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha 594 nafar, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 103 nafar, jami bo‘lib 697 nafar bitiruvchi talabalar o‘qishini tamomlaydi, — deydi Samarqand Davlat chet tillar instituti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Ilhomjon To‘xtasinov.

Ilhomjon To‘xtasinov, SamDChTI rektori

Institut bitiruvchi kurs talabalarining yakuniy nazoratlar, yakuniy davlat attestatsiyalari, bitiruv malakaviy ish himoyalari, shuningdek, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlik dissertatsiyalari himoyalari masofaviy tarzda onlayn test sinovlari